O'zbekcha Vikipediyadan foydalanish uchun qo'llanma yaratish
Muallif:
Munojat Maqsutxonova
Holati:
Tasdiqlandi
Men O'zbekcha Vikipediya administratoriman. Bizda yangi foydalanuvchilar uchun universal qo'llanma mavjud emas. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yaratilgan video darslar ham hozirda eskirgan. Men shu videodarslarni qayta tayyorlab, kitob shaklidagi qo'llanma tuzish niyatidaman. O'zimning shaxsiy kanalimda har xil Vikipediyani o'rganishga oid qisqa postlar tayyorlayman. Ularni birlashtirib umumiy Vikipediyani o'rganish bo;yicha kitob yozish niyatidaman. Bu universal qo'llanma barcha uchun ham qulay bo'lishi uchun ovozli ko'rinishda (matnlar o'qiladi) va maxsus videodarslar qr code linklarida berilishi mumkin. Shunday qo'llanmalar hozirda enwiki va ruwiki uchun mavjud (umumiy dastur ko'rinishi). Men shuni o'zbekcha Vikipediya uchun qilish niyatidaman va bu yangi kirib kelgan foydalanuvchiga vandallik qilmasdan Vikipediyani boyitishiga yordam beradi.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!