Красноречие
Muallif:
Gulsevar Muhammadjonova
Holati:
Tasdiqlandi
Hammaga ma'lum ko'plab bolalar va yoshlar orasida nutqi sust, rivojlanmagan yoshlar mavjud. Hozirda ushbu yoshlar orasida ularga yordam beruvchi platforma sistemasini tuzib chiqish jarayonidaman. O'zim filologiya rus tili yo'nalishida tahsil olayotganim boyis ushbu loyiha platformasi rus tiliga oid bo'ladi. Platforma ichiga hozirgi rus tili grammatikasi kiritib o'tiladi. Platformaga diktafon o'rnatiladi. Ushbu diktafon orqali yosh bolalar va o'smirlar o'zlari o'qimoqchi bo'lgan rus tilidagi kitobni platforma diktafonini yoqgan tarzda o'qishlari orqali diktafonni o'chirgach platformadagi ketma-ketlik orqali nutqlaridagi hato va kamchiliklarni platformaga kiritilgan manbaalar orqali bilib olishadi va amaliyot orqali nazaryani o'rganishadi. Ushbu platforma orqali yoshlarimizda keyinchalik turli tildagi nutq kamchiliklarini bartaraf etish mumkin bo'ladi.
Platformani amalga oshirish g'oyasi o'zimda bolalikdan kuzatilayotgan nutq muammolari sababidan kelib chiqdi va platformaning sistemasini tuzib chiqishga qaror qildim, lekin bunga menda mablag' va asosiy mutahasislar yetishmayabti.
"Yoshlar ishlari agentligi" ga ushbu loyihamni olib chiqishimda ko'zlangan maqsad ham platformani yoshlar o'rtasida tezroq va kengroq tarqalishi va barcha birdek foydalanishi uchun. Agar bir o'zim buni amalga oshirsam juda ko'p vaqt oladi va ommalashishi qiyin bo'lib ketadi.
Zero, bizning kelajak yoshlarimiz nutqi ravon va go'zal bo'lishini ta'minlash bizning qo'limizda.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!