"Kitobsevar" nomli loyiha
Muallif:
Dilbar Sobirjonova
Holati:
Tasdiqlandi
Hozirgi kunda kitob o'qish inson kelajagi uchun eng katta rolni o'ynaydi. Robin Sharma aytganidek " 5 yildan keyin qanday inson bo'lishing o'qiydigan kitoblaring va atrofingdagi odamlarga bog'liq".
Shu maqsadga muvofiq, men, Sobirjonova Dilbar, Qarshi shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchisi, "Kitobsevar" nomli loyiha o'ylab qo'ydim. Bu loyihada kitobsevar yoshlar viloyat Yoshlar markazlariga yig'ilishadi va bir kitob yoki asar bo'yicha bahs-munozaralar olib borishadi. Bu loyihani har hafta yoki ikki haftada bir o'tkazishimiz mumkin. Loyihamizni bir hafta oldin e'lon qilsak qiziquvchilar bir hafta davomida kitobni o'qishadi va ishtirok etishadi. Biz, tashkillashtiruvchi jamoa sifatida turli quiz savollar va asarga oid qiziqarli savollar beramiz. Faol ishtirok etgan o'quvchilarni sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlaymiz.
Nega bu loyiha muhim?
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keng tarqalmoqda. O'quvchilarga faqatgina yilda bir marta bo'ladigan Yosh Kitobxon tanlovida emas, doimiy ravishda kitob o'qishga jalb etib turuvchi loyihalar kerak deb o'ylayman. Bu loyihada kitobsevar yoshlar nafaqat kitob o'qishadi, balki bilimlarini ulashishlari, omma oldida so'zlash madaniyatlarini oshirishlari hamda yangi do'stlar orttirish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin.
Mening loyiham albatta manfaatli bo'ladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!