yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Bir mahalla har avlodi kitobxon

Muallif: Elbek Eloʻgʻliyev
Holati: Tasdiqlandi
Har bir mahallada yoshlar va yoshi kattalar uchun birdek foydali va kerakli boʻlgan loyiha, yaʼni "Bir mahalla har avlod kitobxon" dasturini yoʻlga qoʻyishimiz kerak. Binobarin bu loyihani bunday tarkibiy amal bilan boshlasak tezroq natija olamiz: 1-qadam har bir mahalla binosi zalida kitob javoni tashkil qilish: Izoh bu bilan qanday natija olamiz? Javobi: yaxshi natija 1-dan oilaviy muammolar oʻz yechimini topadi sabab kitob oʻqigan insondan yomonlik chiqmaydi! 2-dan mahallaga keluvchilar qamrovi oshadi. Bu esa Ijtimoiy - Iqtisodiy va siyosiy yangiliklar tarqalish qamrovini oshiradi. 2- qadam bu mahalla binosining boʻsh xonasidan unumli foydalanish yaʼni: elektron kutubxona yaratish. Uchinchi Renesuans poydevori boʻlgan biz yoshlar koʻproq ilmiy maʼlumotlarni tez qidirib topishimiz va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun maqbul yechim boʻla oladi deb oʻylayman! 3-qadam bu har bir mahalla kesimida "Bir mahalla Har avlod kitobxon" loyihasi boʻyicha mavsumiy kitobxonlik koʻrik tanlovini oʻtkazish: Bu bilan biz kikob mutolaa zavqini oshirish bilan cheklanmay huquqiy ongini ham oshirib olamiz. 4-qadam "Bir mahalla Har avlodi kitobxon" loyihasini ommaviylashtirib Tuman, Shahar, Viloyat Respublikamiz kesimida targʻib qilib mavsumiy kitobxonlik koʻrik tanlovini oʻtkazsak. Koʻproq natija olamiz. Izoh oʻrnida maʼlum qilib oʻtsam bu bilan biz butun jamiyat kitobxonlik darajasini oshiramiz yaʼni "Bir mahalla Har avlodi kitobxon" dan "Bir jamiyat Har avlodi kitobxon" darajasiga yetamiz! 04.12.24 ✍ Elbek
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.