Xotin - qizlar ijodini qo'llab quvvatlash uchun platforma yaratish
Taklif: Xotin - qizlar ijodini qo‘llab-quvvatlash uchun platforma yaratish.
Men Bonu Sarimova ayol ijodkor sifatida ayollar ijodini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus platforma yaratishni taklif qilaman. Ushbu platformada ayollarning adabiyot, san’at, fan, va boshqa ijodiy sohalardagi ishlari yig‘iladi, ular o‘z ijodiy faoliyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Platforma ayollarning fikrlarini, g‘oyalarini, she’rlarini, maqolalarini va boshqa ijodiy ishlarini bir joyga to‘plash orqali, ularni keng auditoriyaga tanitish imkoniyatini yaratadi.
Platforma orqali ayollarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, yangi g‘oyalarni amalga oshirishda bir-birini qo‘llab-quvvatlash, va ijodiy rivojlanish uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu tashabbus ayollarni jamiyatda faol ishtirok etishga va o‘z iste’dodlarini yanada rivojlantirishga undaydi.
Bunda Ayollar ijodini keng targ‘ib qilish, Ayollarga o‘z ishlari va g‘oyalarini global miyqosda tanitish,shu bilan birga, ushbu platforma orqali ayollarning ijodiy yutuqlarini yanada yuqori baholash, ularni yangi imkoniyatlar bilan ta’minlashga erishiladi. Platforma nafaqat ijodkor ayollarni, balki yosh qizlarni ham o‘z ijodini rivojlantirishga yordam beradi. Men bu platformani rivojlantiishda hamda O'zbekiston ayollari safini kengaytirishda o'z hissamni qo'shmoqchiman.
Bonu SARIMOVA
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!