Jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish
Globallashib borayotgan ekologik muammolar kelajakda har insonning hayotiga ta’sir etish aniq. Bizning mamlakatimizda ham ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan har taraflama barqaror siyosat olib borilmoqda, xususan atrof-muhit, ekologik jarayon va munosabatlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik mavjud va shakllantirib borilmoqda. Davlat o’z vazifasini ado etmoqda, ammo jamiyatimizda haligacha ekologik madaniyat rivojlanmagan va u haqida tushuncha mavjud emas. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga e’tibor bersak ham ularning aholisi o’rtasida yetuk ekologik madaniyatni ko’ramiz. Mening taklifim omma orasida ekologik ong, madaniyat va bilimni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilgan islohatlarni kengaytirish. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida “Ekologiya” sohasida ma’lum bilimlarni berish, har shaxsda bu tushuncha to’g’risida dunyoqarash shakllanishi uchun ko’maklashish. Ommaviy axborot vositalarida ham turli shu mavzuga aloqador lohiya va dasturlar qilish. Xalqimizda ekologiya, ekologik madaniyat va global ekologik muammolar to’g’risida tushuntirish ishlarini olib borish va ekologik jihatdan madaniyatli bo’lidhga chaqirish