Kitob bizning faxrimiz
Assalomu alaykum men Mamasobirov Humoyun yoshim 19da
yosh kitobxonga sal kam 6-yildan beri ishtirok etib kelmoqdaman.Hozirgi kunda tuman bosqichiga 2 o'rinni qo'lga kiritdim u yerdan ijobiy natija bilan viloyat hamda respublikada 1-o'rin sohibi bo'lmoqchiman.
Mening tumanimda 1 ta kutubxona bor u ham bo‘lsa ta'mirlashga muhtoj eski yotoqxona binosida joylashgan u yerda 4ta javonda kitoblar bor ular eskirib qolgan yangi kitoblar esa maktab darsliklari yoki bolalar entsiklopediyalari va h.klar bilan to'lgan kitobxon tanlovidagi kitoblarni topishga ba'zida qiynalyamiz o'zim 30ga yaqin asar va roman kitoblarini yig‘ganman uyimdan ochish niyatim ham yo‘q emas oldimda tanlovim bor nasib qilsa yaxshi natijalarni qo'lga kiritib olsam shaxsiy kutubxona ochmoqchiman bunda menga yordam va fikrlaringiz kerak ayniqsa Alisher Sa'dullayevning maslahatlarni olmoqchiman.
Tumanimiz 2021-2022 yilda yangi va zamonaviy binoda qad roslagan kutubxona qurilish kerak edi qandaydir sabab bilan qurilmay qolib ketdi hozirda eski bo‘lsa ham foydalanib kelmoqdamiz. Javob uchun oldindan rahmat
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!