yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Kam ta'minlangan oila farzandlari uchun imtiyozli ovqatlanish kartasi

Muallif: Islom Oqnazarov
Holati: Tasdiqlandi
Ta'lim olish uchun eng muhim jihatlardan biri bu — vaqtida va yetarlicha ovqatlanish hisoblanadi. Kam ta'minlangan oilalarning farzandlari moddiy yoki ruhiy qo'llab-quvvatlashga muhtoj ekanliklari sababli o'zlarini noqulay his qilmasliklari muhimdir. Maktablarda barchaga birdek ovqatlanish kartalari joriy etilishi lozim. Kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga esa imtiyozli xuddi shunday kartalar berilishi kerak. Har ikki kartalar bir xil shakl va ko'rinishga ega bo'lib, har kunlik ovqatlanish uchun foydalaniladi. Maktab o'quvchilari uni yo'qotib qo'ymaslik uchun kartalarni ilmoqli va bo'yinga osib yuriladigan variantlarda taqdim qilinadi. Maktab ma'muriyati, Davlat muassasalari, Tadbirkorlik subyektlari ana shu kam ta'minlangan oilalarning farzandlarini qo'llab-quvvatlashi tavsiyaviy va ixtiyoriy etib belgilanadi. O'quvchilar o'zlarini qulay his qilishlari uchun bu amaliyot zarurdir. Moddiyat sababli ovqatlanishdan o'zini cheklab turishga majbur bo'lish yoki kamroq pulini ham asrash holatlari bo'lmasligi uchun ham yordamning yangicha turi asqotadi. Zero, Yoshlar yurtimiz kelajagidir!
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.