yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

"Mutolaa" va "Ustoz-AI" ilovalarini intellektual o'yinlar, testlar bilan boyitish

Muallif: Islom Oqnazarov
Holati: Tasdiqlandi
Yoshlar ishlari agentligining mavjud loyihalarini yanada boyitib rivojlantirish va Yoshlar uchun qulaylashtirib borish lozim. Masalan — "Mutolaa" loyihasining ilovasi ichiga har bir asar so'ngida test savollari yoki qiziqarli aqlni charxlovchi o'yinlar qo'shilishi qiziq bo'lar edi. Yoshlar asarni o'qish bilan bir qatorda, yangi asarni boshlash va so'ngida taqdim qilinadigan o'yinlarni ochishga harakat qiladi. Bu esa mutolaaga qiziqishni ortishiga olib keladi. Undan tashqari o'yinni ulashish tugmasi qo'shilishi va foydalanuvchilar o'zining yaqinlariga ulashishlari imkoniyati bo'lishi lozim. Bu orqali ilovani yuklab olishlar sonining ortishiga erishiladi. Asarni o'qib tugatgan Yoshlar asar haqida izoh va fikrlarini yozib qoldirishga undaydigan iqtibos kabi chorlov eslatmalar ham qo'shilishi yanada boyitishga imkon beradi. "Ustoz-AI" loyihasi doirasida esa o'ynab o'rganadigan va kichik yoshdagilarni ham qiziqtiradigan, ularni yosh paytidan kasblarga qiziqishiga turtki beradigan zamonaviy o'yinlar ishlab chiqilishi muhimdir. Hozirda 7 yoshgacha bo'lgan qatlam ham telefon bilan katta bo'lyapti. Ular begona salbiy g'oyalar ta'siriga tushib qolmasligi va keraksiz kontent bilan oziqlanmasligi uchun ham ularni jalb qila olish muhimdir.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.