yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Nodavlat OTM va O'quv markazlarini o'zaro integratsiya qilish.

Muallif: Islom Oqnazarov
Holati: Tasdiqlandi
Oliy ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichi avvalgi yillarga qaraganda sezilarli o'sib bormoqda. Bunga sabab har bir yoshda ta'lim olish ehtiyoji borligi va bunga qiziqishdir. O'qigan va o'rganishdan sira charchamaydigan Yoshlar katta ishlarni qilishga qodir. Shu sababli ham Nodavlat OTM va O'quv markazlarini o'zaro integratsiya qilishga talab bo'ladi. Bundan ko'zlangan maqsad bitiruvchilarni Nodavlat OTM larda amaliyot o'tashi va ish bilan ta'minlanishi mumkinligidir. Undan tashqari Davlat Oliy ta'lim muassasasiga qabul qilinmagan Yoshlarni Nodavlat Oliy ta'lim muassasasiga qabul qilinish ko'rsatkichini oshirish, ularga to'gri va sifatli Nodavlat Oliy ta'lim muassasasini tavsiya berish nazarda tutiladi. O'quv markazlari uchun yana bir qulaylik tomoni shundaki, Nodavlat Oliy ta'lim muassasasi binosidan foydalanish imkoniyati paydo bo'ladi, bu orqali o'quv markazlarini joy topa olmasliklari va boshqa bo'sh joylarni band qilmasliklariga imkoniyat yaratadi. Bu esa o'z navbatida boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar uchun ham tez va oson joy topish imkonini beradi. Nodavlat OTM ham bundan manfaatdor bo'ladi, sababi O'quv markazlarida tahsil oluvchi bilimli yigit-qizlarni saralab qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.