Bright Mission loyihasi
Assalomu alaykum. Oldin ham bu taklifni kiritgan edim. Menda talimga oid taklif ya'ni loyiha bor. Loyihadan oldin ozimni qisqacha tanishtirim otishim maqsadga muvofiq chunki loyiha bilan bu chambarchas bog'liq.
Men Murodova Mohinur 18yoshman Webster Universiteti Iqtisod yo'nalishi 1-bosqich talabasiman. Top universitetlardan jami $750 000 grant sohibasiman, Maqolalar Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida chiqgan, top universitetlar va yirik tashkilotlarning 120dan ortiq kurslar bitiruvchisiman. 30dan Xalqaro kompaniyalarning amaliyotchisiman. Bir qancha Xalqaro va respublika tanlovlari va olimpiadalari g'olibiman. AQSH, Turkiya, Misr, Tailand, Indonesiya, Hindiston va Buyuk Britaniyaga konferensiyasi uchun delegat sifatida, Shvetsariyaga ta'lim sayohati yo'llanmasi sohibiman. 30dan ortiq xalqaro va mahalliy konferensiyalar, sammit va seminarlar qatnashchisiman. O'zLiDep, YMK, ACT va qo'shimcha volontyorlik harakatlari volontyoriman. Nafaqat mahalliy va xalqaro Loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqdaman. O'zim ham bir qancha loyihalar tashkillaganman. O'zLiDep faoliman.
Ana shu natijalarga erishish, xalqaro maydonda o'z ornimni topish oson bolmagan bunga mening yillarim ketgan. Chunki xalqaro maydonga chiqish, uni anglab yetish oson emas. Hozirgi kunda ko‘pchilikni maqsadi daromad bo'lib qolgani sababli har xil guruhlar, kanallar chiqib ketgan yaniki shu narsalarni o'rgatish uchun. Yoshlar bilmasdan ularga katta summalarni topshirib, ba'zida natija ko'rib ba'zida kormasdan kuyib qolishyapti. O'zim qiynalganim, yo'l yoriqlarni izlashda juda ko'p to'siqlarga duch kelganim sababli ozimni bilimlarimdan kelib chiqgan holda har mavsumida 300nafar yoshlarga bepul ta'lim berish va shu davomida ularni ham natijaga erishishlariga hissa qo'shmoqchiman. Shu maqsadda 3kishidan iborat bo'lgan jamoamiz Bright Mission loyihasini ommaga olib chiqmoqchimiz bu orqali Yoshlarimiz dunyoga o'zbek Yoshlari qanday katta kuchga ega ekanligini isbotlashsin. Loyiha:
•Xalqaro va mahalliy grant va tanlovlar;
•Hujatlar tayyorlash (CV,
motivation/recommendation letter,
application form);
•Xalqaro qisqa kurslar
•Xalqaro kompaniyalarda amaliyotlarda
•Universitetga hujat topshirish
•Intelekt kard va orzular xaritasi bilan ishla
•Psixologik mashg'ulotlar.
•G'oyani loyihalashtirish bosqichlari;
•Shukronalik yozish
.Volontyorlik;
•Loyihalarda ishtirok etish;
•Liderlik ko'nikmalari;
•llmiy, publitsistik maqolalar, tezis yozish konikmalari; xalqaro saytlarida va
jurnallarda bepul chiqarish
•Davlat mukofotlari, stipendiyalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!