Oliygoh ansambli
Bilamiz yurtimizda 200dan ziyod oliy ta'lim muassasalari bor. Taklifim, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy maqom san'atimizni yoshlar ongiga singdirish maqsadida, "Oliygoh ansambllarini" tuzishni taklif etaman. Bu ansambllar oliygohdagi musiqa va san'atga qiziquvchi yoshlardan iborat bo'ladi va universitet miqyosida milliy musiqa san'atimiz repertuarlaridan namunalarni har chorakda, o'z namoyishlari bilan talaba va ustozlarga taqdim etadilar. Agar har bir talaba o'zining milliy san'atidan xabardor bo'lsa va eshita olsa ma'naviyatiga va ruhiyatiga ijobiy ta'sir qiladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!