Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ularga qo'shimcha daromad ko'rishlari uchun imkoniyatlar berish
Xotin-qizlar jamiyatning turli bo'g'inlarida o'zlarining fidokorona mehnatlari bilan faoliyat olib borishmoqda. Ishdan oilasiga zo'rg'a vaqt orttirib, orzu-havaslari uchun chidam va bardosh bilan xizmat qilib kelayotgan ayol-qizlarga ko'proq imkoniyatlar yaratib berilishi muhimdir. Masalan — doimiy ish joyidan ajralmagan holda ularga qo'shimcha daromad ko'rishlari mumkin bo'lgan kichik biznes bilan shug'ullanishlariga ruxsat berish va ulardan soliq undirilmasligi kerak. Doimiy ishlash joyidagi ish beruvchilar ham Xotin-qizlarning kichik bizneslarini qo'llab-quvvatlashi, tushunishi lozim. Xotin-qizlar tomonidan tikuvchilik mahsulotlari, chinni buyumlari, zargarlik buyumlari, tabiiy oziq-ovqat kabilar qo'shimcha daromad ko'rishlari uchun belgilab qo'yilishi kerak. Zarur bo'lganda o'zi ishlaydigan tashkilot uchun ham tovar sotish huquqi bo'lishi lozim. Bu kabi imkoniyatlar orqali ham ish ham oila uchun umr yillarini baxshida qilayotgan matonat egalariga sharoit yaratgan bo'lamiz.