Ushbu loyiha 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yiliga muvofiq - Ekologik ta'lim berish orqali tabiatni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan loyihadir.
Muallif:
Ismoiljon Qosimov
Holati:
Tasdiqlandi
Meni loyihamni asosiy maqsadi yoshlarga shuningdek maktab o'quvchilariga va yosh ekofaollarga ekologik ta'lim berish orqali tabiatni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirish.
"Loyiha 3 bosqichdan iborat bo'lib, bilim o'rgatish, targʻibot va amaliy ishlarni o'z ichiga oladi"
Bu qanday amalga oshadi?
1. Tajribali ekologlar ekoexportportlar va eko faollar ishtirokida oliy ta'lim muassasalarida va o'rta (maxsus) muassasalarda trening va seminarlar tashkil etish.
2. Aynan ana oʻsha trening va seminarlarda ishtirokchilar olgan bilimlarini maktab va mahallalarda targʻib qilish (Trening ishtirokchilari yordamida)
3. Yashil Makon yaratish bo'yicha amaliy ishlar ya'ni ekologik tadbirlar ekomarafonlari va ekoaksiyalar shuningdek ploginlar o'tkazish.
Natijada:
1.Oʻquvchilar, Talabalar ummuman Yoshlar tajriba orttiradi va kelajakda professionallashadi. Yaʼni Yoshlar ekologik liderlarga aylanadi.
Loyiha Natijasida ekologik madaniyatga va tajribaga ega yoshlar yangi avlodni tarbiyalaydi.
2. Maktab o'quvchilari va aholining ekologik bilimi va ongi oshadi.
Natijada 60-70% foiz ekologik bilimsizlik darajasi pasayadi.
Atrof-muhitni himoya qilishdagi amaliy yechimlar soni ko'payadi.
Talaba va oʻquvchilarda ekologik taʼlim berish orqali tabiatni muhofaza qilish madaniyati shakllanadi.
3.Yashil Makon - Loyihasi orqali daraxtlar ekish va yashil hududlarni kengaytirish bilan ekologik muvozanat tiklanadi.
Mahalliy hududlarda yashil makonlar yaratish orqali aholiga sog'lom va toza muhit taqdim etiladi.
Ushbu loyiha orqali yetakchilik va amaliy ekologik bilimlar targ'ib qilinadi !!!
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!