yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Yoshlikdan o'tiladigan tabiiy ofat va yong'inlarga qarshi tayyorgarlik darslari

Muallif: Jahfarov Muslim
Holati: Tasdiqlandi
Men taklif qiladigan bu loyihadan ma'lum bir rivojlangan davlatda ancha vaqtlardan beri foydalaniladi va natija olinadi. Men taklif qiladigan bu loyiha orqali oldimizda bizni kutib turgan turli tabiiy ofatlar va yong'inlardan keladigan zararlarni ham anchagacha kamaytirish mumkin bo'ladi. - Loyiha "Yoshlikdan tabiiy ofatlar va yong'inlarga qarshi tayyorgarlik darslari"ni tashkil etishdan iborat; - Loyiha amal qiladigan davr: Bog'cha boshidan boshlang'ich maktab oxiriga qadar; - Loyihaning ishlash tartibi: Bog'chalar va boshlang'ich maktablarda tabiiy ofatlar va yong'inlarga qarshi tayyorgarlik darslari tashkil etiladi. Darslar ikki - nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qismda kitobcha va qo'llanmalar ustozlar tomonidan tushuntiriladi, so'ngra amaliy qismda o'quvchilar o'rgangan narsalarini amalda qo'llab ko'rsatadilar. Muhimi, ushbu loyiha uchun alohida dars soatlari tashkil qilish shart emas - Juma kuni o'tiladigan "Ma'naviyat soati" darslarida bu narsalarni o'rgatish mumkin bo'ladi. Agar loyiha shunchaki rasmiyatchilik uchun emas, balki haqiqatan amalda qo'llanilsa, tabiiy ofat yoki yong'in vaqtlarida bu narsalar foyda berib, keladigan zararlar anchagacha kamayadi deb o'ylayman.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.