To'lov-kontrakt summasiga chegirma berish
Muallif:
Dilyorbek Rustamov
Holati:
Tasdiqlandi
Oliy ta'lim muassasasida bir oiladan ta'lim olayotgan ikki yoki undan ortiq talabalar to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirganligi bois ko'p hollarda oilalarning birdaniga ikki yoki undan ortiq to'lov-kontrakt summalarini to'lay olmasligi sabab talabalar o'qishni tark etishlari mumkinligi kuzatiladi. Ta'lim kreditlari mavjud, ammo barcha ham kredit ololmaydi. Shu sababdan yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrab olishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan shunday sabablarni oldini olish uchun: Oliy ta'lim muassasasida bir oiladan ikki yoki undan ortiq ta'lim olayotgan talabalarning to'lov-kontrakt summasiga chegirma berish, bunda chegirmalar 2ta bo'lsa 20%, 3ta 25%, 4ta 40%ni misol tariqasida belgilash mumkin. Sirtqi yoki masofaviy ta'lim olib ayni damda ish bilan band bo'lganlarga bunday chegirma tatbiq etish yokii etmaslik aniq hisob-kitoblarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Taklif yuzasidan kutilayotgan natijalar oilalarning moddiy qiyinchilikka tushib qolishi oldi olinadi, talabalarning to'lov-kontrakt summasini to'lay olmasligi sabab o'qishni tark etishlari kamayadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!