“Orol ijodkorlari” loyihasi
Birinchi navbatda nima uchun aynan “Orol ijodkorlari” deb nomlangan. Sababi biz ilm sohasini puhta órganib, óz ijodimiz bilan butun dunyoning muammosi bólgan balki, bizning eng oğriqli nuqtamiz bólgan Orol dengizini tólqinlantirishdir, ilmimiz bilan tóldirishdir. “Orol ijodkorlari” loyihasining asosiy maqsad va vazifalari bugungi kunda ayol-qizlarimizni ilm sohasidagi órnini kópaytirishdir va ayol-qizlar ilmiy hamjamiyatiga asos solishdir. Loyihaning asosiy vazifasi quyidagidek: 1. Rivojlanishni boshlagan har bir ayol-qizga óz yónalishini tógri tanlashga yordam berish 2. Ilmiy bilimlarni 0 dan rivojlantirish 3. Iqtidorli ayol-qizlarni Xalqaro maydonga chiqarish 4. Xalqaro va mahalliy grantlar bilan yaqindan tanishib, almashinuv dastuslarini yólga qóyish 5. Ayol-qizlarimizning StartUp loyihalarini qóllab-quvvatlab, loyihalarni yólga qóyishdir. Ma’lumot órnida shuni aytishim joizki, hozirda “Orol ijodkorlari” loyihasida 200 dan ortiq qizlarimiz bor. Bulardan 30 ga yaqini ózlarining ilmiy faoliyatini yólga qóydi va 10 nafarga yaqin qizlar ózlarining StarUp loyihasini amalga oshirdi. Shulardan eng muvafaqqiyatlisi “Onlain apteka” loyihasi bóldi. Agar biz olima onalarni yetishtirsak, ular olim farzandlarni dunyoga keltiradi. Prezidentimiz Qoraqolpoğistonga qilgan tashriflarida shunday degan edilar: “Yangi Ózbekistonning darvozasi Qoraqolpoğistondir”. Biz yoshlarning maqsadimiz esa mana shu darvozaga QALQON bólishdir!