"Sogʻlom avlod, Sogʻlom kelajak sari"
Dunyo miqyosida stomatologik kasalliklar keng tarqalgan. Xususan karies bilan yurtimiz aholisining qariyb 95- 99,5% zararlangan. Ushbu kasallikning keng miqyosda tarqalishi asosan yosh avloddan boshlanadi. Jahon Sogʻliqni Saqlash tashkilot(JSST)i bergan 2020 yilgi xulosa boʻyicha 1- 9 yoshgacha boʻlgan bolalarda bu kasallikning tarqalishi 47,7%, 5+ va undan yuqori yoshdagi bolalar va kattalardan davolanmagan tish kariesi 34,1%ni, 20 yosh va undan kattalardan tarqalishi esa 8,6%ni tashkil etmoqda. Ushbu maʼlumot asosida yoshlarda tarqalish koʻrsatkichi yuqoriligini bilishimiz mumkin. Bu esa har 10ta yosh avloddan 5tasids ushbu kasallik uchraydi va ularning sogʻlom turmush tarziga taʼsir etmoqda. Bundan tashqari JSST bergan maʼlumot asosida aholi jon boshiga tibbiy harajat miqdori 418 dollar($)ga toʻgʻri kelishini aniqlagan(2019). Bu davlat iqtisodiyotiga katta miqdorda zarar keltiradi. Xususan ogʻiz boʻshligʻining 5 xil kasalligi tufayli iqtisodiy tarafdan 167 million dollar($) ziyon koʻrilganligi maʼlum etilgan.
JSST bergan xulosa: Shakarli ichimliklarga soliqni joriy etish (SSB) Og'iz bo'shlig'ini sog'lomlashtirish
bo'yicha milliy siyosat/strategiya rejasining mavjud emasligi (operatsion/loyihani ishlab
chiqish bosqichi) takidlab oʻtilgan.
Ushbu xulosadan kelib chiqib yurtimizda tibbiy oliygohlarida oʻqib kelayotgan yuqori kurs talaba(stomatologiya fakulteti)lari mustaqil taʼlim kunlari va bosh vaqtlarida "Sogʻlom avlod, sogʻlom kelajak sari" shiori ostidan kollej, maktab, maktabgacha tayyorgarlik muassalarida volontyor sifatidan qisqa va tushunarli profilaktik chora tadbirlarini oʻtgazish, oldini olish, kunlik tish parvarishi, kelib chiqish sabablari va kasallik alomatlari yuzaga chiqayotgan yoshlarga maslahat va ularni shifokor koʻrigidan borishi, buning oqibat asoratlari haqida toʻliq - batafsil maʼlumot berishlari muvofiqdir. Bu asosida yosh avlodda stomatologik, tibbiy bilimlari yuksaladi va kasallik tarqalishi dinamikasiga oʻz taʼsirini oʻtgazadi.
Izoxlar (9)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!