yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Generator yordamida mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish

Muallif: Avazbek Olimov
Holati: Tasdiqlandi
Har bir davlat rivojlangani sari elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoji oshib boraveradi. Hozirgi paytda O'zbekiston ham jadal ravishda o'zgarib rivojlanib bormoqda. Shu asnoda elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. Hozirgi kunda guvohi bo'lib turibmizki davlatimizda juda keng ko‘lamda quyosh elektr stantsiyalari, shamol elektrostansiyalari, "GES"lar va "AES"lar qurilishda davom etilmoqda. Asosiy elektr energiya manbayi bo'lmish neft va gaz kuni kelib baribir tugash ehtimoli bor ammo, yuqorida sanab o'tilgan elektrostansiyalar neft va gazga alternativ yechim bo'ladi. Shu asnoda bir g'oyani taklif qilmoqchiman. "Odam gavjum bo‘ladigan metrolarda, avtobus bekatlarida, odamlar yo‘lni kesib o‘tish yo‘laklarida va turli savdo markazlarida insonlar yurishidan hosil bo‘ladigan mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish". Bu jarayonni amalga oshirish uchun generatorlardan foydalaniladi. Generatorlar mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar hisoblanadi. Energiya hosil qilishda ishlatiladigan qurilma: usti rezinadan qilingan qoplamadan iborat bo‘lib, rezina qobiq tagida magnit o'rnatilgan bo‘ladi, ikkinchi magnit yerga o'rnatiladi. Rezina plastinkamiz purjinalar yordamida yerdan ma'lum bir miqdorda yuqorida turadi. Qachonki kishi ko'chada yurib ketayotganida plastinkani ustidan bosib o'tib ketganida purjinalar siqilib, o'rnatilgan ikki magnit orasida elektromagnit induksiya qonuni asosida magnit maydoni hosil bo‘ladi va ushbu magnit maydoni yordamida elektr energiyasi olishimiz mumkin bo‘ladi. Agar maxsus plastinkalarimiz ko‘chalarda o‘rnatiladigan bo‘lsa atrofdagi svetaforlar, yoritish moslamalari, reklama bannerlari, shuningdek telefonlarni zaryadlab olishga yetadi (Olinadigan energiya plastinkalar soniga ham bog‘liq. O‘rtacha har bir plastinka odam bosganda soniyasiga 2Vatt quvvat beradi). Toshkent aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qilgani hisobiga ko‘pchilik metrolardan juda ko‘p foydalanadi va ushbu qurilmalarni metro bekatlariga, bir yo‘nalishidan ikkinchi metro yo‘nalishiga o‘tish yo‘laklariga o‘rnatilsa FIK (foydali ish koyeffitsiеnti) ancha ko‘tariladi. Rezina qoplamaning o‘zi ham avtomobillarning yaroqsiz ahvolga kelib qolgan shinalarini qayta ishlanishidan hosil bo‘ladi. Qurilma ekologik toza va ishlash muddati uzoq. Agar bu qurilmalarni rivojlantirib modernizatsiya qilinsa kelajakda yangi energiya manbasiga aylanishi mumkin. Odamlar bosgan qadamlardan elektr energiyasi olish bu - Yashil energetika hechqanday tabiatni ifloslantirmasdan energiya olish manbasidir. Bizni qo'llab quvvatlang. Kelajakga befarq bo'lmang. Ertamiz o‘z qo'limizda, uni bugundan o'zgartirib boshlaylik. Olimov Avazbek Odiljon o‘g'li.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.