Yosh ijodkorlar
"Yosh ijodkorlar" platformasini ishlab chiqish kerak deb o'ylayman. Ushbu platforma orqali ijodkor yoshlar o'z ijodlarini boshqalar bilan baham ko'rishi shunigdek, qo'llab-quvvatlovchilarni topishi yoxud ijodiy ishlanmalarini sotish orqali daromadga ega bo'lishlari va o'zini o'zi band qilishlari mumkin bo'ladi. Ammo platforma keng auditoriyaga yetkazilmasa samaradorlik talab darajasida bo'lmasligi mumkin, shuning uchun platformani aholi o'rtasida ijtimoiy tarmoqlar, reklama va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ'ib qilish kerak bo'ladi. Bundan tashqari mashhur ijodkorlar va taniqli shaxslarni jalb qilgan holda samaradorlikni oshirish mumkin bo'ladi. Bu ayniqsa imkoniyati cheklangan yoshlarga foydali bo'ladi deb hisoblayman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!