Yoshlar tadbirkorligi
Hozirda yoshlarni tadbirkorlikka o'qitish yoki tayyorlash kabi loyihalar bor ammo tadbirkorlarni yashil iqtisodiyotga moslashtirish, ekologik muammolar tufayli tadbirkorligida yuzaga kelgan muammolardan olib chiqish uchun ommaviy jarayonlar mavjud emas.
Shu sababli tadbirkorlar va bo'lajak tadbirkor yoshlarga globallashuv jarayonida yashil iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlashga chaqirish uchun seminar-treninglar, mentorlik dasturlari kabi tajribalar maydonchasi yaratish lozim. Shuningdek, "Yashil iqtisodiyot liderlari" loyihasini ham yo'lga qo'yish kerak, ushbu loyiha doirasida yillik tanlov tashkil etib, g‘oliblarga imtiyozli kreditlar yoki grantlar taqdim etishni belgilash kerak deb o'ylayman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!