"Yashil" iqtisodiyot va yoshlar
Muallif:
Dilyorbek Rustamov
Holati:
Tasdiqlandi
2025-yilning bir qismi sifatida "yashil" iqtisodiyot deb nomlanishini o'zagida oliy ta'limdan keyingi ta'limda faoliyat olib boruvchi yoshlarni keng qo'llab-quvvatlash orqali "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish va ommalashtirish mumkin bo'ladi. Bunda ushbu sohada ilmiy-tadqiqot o'tkazuvchi yoshlarga grantlar, stipendiyalar ajratish yoxud doimiy yashash joyidan boshqa joyda tadqiqot o'tkazmoqchi bo'lgan yoshlarni turar-joy bilan ta'minlash va boshqa (o'qish va yashash) xarajatlarni qoplash (tadqiqot yuzasidan boshqa hududlarga amalga oshiriladigan sayohatlarni to'lash) orqali sohani va yoshlarni keng qo'llab-quvvatlash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida ""Yashil" iqtisodiyot" yo'nalishini ham kiritish kerak deb o'ylayman.
Agarda bu xarajatlar davlat budjetiga ortiqcha xarajatlarni keltirish chiqaradigan bo'lsa xarajatlarni nodavlat notijorat tashkilotlari ko'magida, o'z-o'zini mustaqil moliyalashtiruvchi OTM'lar yoxud boshqa qonunda ta'qiqlanmagan manbalar yordamida moliyalashtirishni ko'rib chiqish mumkin bo'ladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!