Xalqaro darajadagi kadr bo'lish uchun ketma-ketlikni to'g'ri amalga oshirish
Muallif:
Bekmirza Ivanov
Holati:
Tasdiqlandi
Hozirgi kunda zamon talabi til bilishdir, ushbu talabga monand Ibrat farzandlari loyihasi biz yoshlarga til o'rganishda o'zining bepul darslarini ulashib kelmoqda ammo ba'zi hollarda resurs(dars)ning qadrsizlanish holatlarini guvohi bo'lyabmiz. Ushbu muammoni bartaraf etishda va yanada ko'proq yoshlarni qamrab olishda quyidagicha loyihani amalga oshirishni taklif qilmoqchiman. Ibrat farzandlari darslarini ko'rib o'rganib chiqgan va sertifikatini olgan yoshlarga o'quv markaz bilan hamkorlik qilib sertifikatni olgan yoshdan imtihon olib sertifikatdagi darajasi bilan bir xil natija bo'lsa keyingi o'qishlaridagi to'lovlarini qilib berish, Ibrat farzandlaridan til o'rganib sertifikatini olgan bo'lsa Coursera, edX, Udemy, Skillshare kabi platformalardagi o'zi tanlagan kurs uchun to'lov qilib berish bu bilan nafaqat Ibrat farzandlaridan dars ko'rishga undaydi balki yuqorida sanab o'tilgan platformalardan xalqaro darajadagi bilimlarni egallab yetuk kadr bo'ladi. Aynan shu sertifikat bilan kelgan 1-kurs talabalarga imtiyozlar ham joriy qilish mumkin, axir koranavirusdan emlangan talabalarni kontraktning ma'lum summasidan ozod qildik-ku. Biz uchun til biladigan yoshlar koranavirusdan emlangan yoshlardan muhimroq deb o'ylayman.
Loyihaning maqsadi va kutilayotgan natija: Asosiy maqsad Ibrat farzandlariga ketayotgan mehnat va ajratilgan resurslarni natijasini ko'rsatish va yoshlarning oilaviy budjetini tejagan holda til o'rganishi. Kasbga doir bilimlar o'zbek tilida cheklanganligi uchun chet tilidagi resurslardan o'qib o'rgangan holda yetuk kadr bo'lishi.
Qo'shimcha: Bu loyiha katta hajmda bo'lishi o'ylangan, yaxshi natija qilishimiz uchun ota onalarning ko'magi kerak bo'ladi. Shundan kelib chiqib bu loyiha(dastur)da ota onalar bilan ishlash va kerak bo'lsa maktablar bilan ishlash ko'zda tutilgan. Loyihamni foydali bo'lishiga ishonaman faqat bunga mutaxasislarning chuqurroq yondashuvi talab qilinadi.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!