yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Kitob bekati

Muallif: Visolaxon Tursunova
Holati: Tasdiqlandi
Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davrda bolalarni gadjetlardan himoya qilish eng dolzarb muammodir. Shu sabab, kitob bekati loyihasi taklifini berib oʻtmoqchiman. Maqsad: Oʻquvchilarni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash Mazmuni: Maktablarga yaqin bekatlarda kichik kitob javonlari tashkil etish. Javonga oʻquvchilar uchun qiziqarli kitoblar joylanadi. Ular avtobus kutish vaqtida gadjetlarga sarflaydigan vaqtlarini kitoblar bilan oʻtkazishadi. Savol: kitoblar xavfsizligiga kim javobgar? -bekatlarda kofe yoki bulochka, shunga oʻxshash mahsulotlar sotish taklifi tadbirkor yoshlarga beriladi. Ular nafaqat oʻz mahsulotlarini sotishadi, balki kitob javonlari va kitoblarga ham masʼul boʻlishadi. Bu bilan yoshlar soliqning maʼlum qismidan chegirma olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Keyinchalik bekatlarga qoʻriqchiga ham ehtiyoj qolmaydi. Sababi bolalarda bu madaniyat shakllanib boʻlgan boʻladi. Savol: Kitoblar bilan kim taʼminlaydi? -Kitob doʻkonlariga reklama taklifi beriladi, evaziga ular besh-toʻrtta kitoblar bilan bekatlarni yilda bir marotaba taʼminlab turishadi. Javonlar oynasiga oʻsha doʻkon manzili reklamasi yopishtiriladi. Bir kunda minimum 500 inson bu bekatdan foydalanadi va bu kitob doʻkonlari uchun tekin reklama imkoniyati. Xulosa: Kimdir pichoq bermasdan, bolaga kitob bering!
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.