yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Oilaviy ajrimlarni oldini olish.

Muallif: Umidjon Hotamov
Holati: Tasdiqlandi
Bilamizki hozirgi paytda ajrimlar soni keskin oshdi. Bunga bir qancha sabablar mavjud er xotinning kelishmovchiligi, oilada uchinchi shaxsning aralashuvi, xiyonat, ichkilikbozlik, moddiy ta'minot, er-xotin oilaviy hayotga tayyor emasligi, yengil yelpi hayotga o'rganib qolish, oilaviy muhit va yana bir talay muammolarni sanab o'tish mumkin. BUNGA TAKLIF har bir shahar tumanga HAYOT MAKTABI oilaviy o'quv markazlari tashkil etilib u yerda yigt qizlarni 16 yoshdan boshlab 7-10 kunlik o'quv kurslariga jalb qilib malakali ustozlar, psixolog, imom xatiblarning dars jarayonlarini tashkil etib, o'quv jarayonida oila qurish muqaddasligi, hayotdagi qiyinchilik, hayotning baland pasligi, muomala madaniyat, bir birlarini hurmat qilish, farzand tarbiyasiga befarq bo'lmaslik jamiyki hayotda uchrab turadigan muammolar va yechimi haqida dars o'tilib yakunida test topshirib sertifikat olgan yoshlarga oila qurishga ruhsat berish kerak chunki chuqurlashtirilgan qattiq tartib intizom bilan o'quv kurslarini yakunlagan yoshlar oz bo'lsada oilani asrab avaylash nima ekanligini tushunib yetgan bo'ladi. Yakuniy test jarayoni qattiq nazorat ostida o'tishi va sertifikat olgan yosh oila qurishga ruhsat etilishi kerak. sertifikat olishda to'y kuni arafasidagina emas 1, 2, 3 yil oldin ham olish mumkin bo'ladi. O'quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar oila qurishga tayyor bo'ladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.