Bekatlarda quvvatlash stansiyalarini o'rnatish
Muallif:
Jahfarov Muslim
Holati:
Tasdiqlandi
Hozirgi gadjetlar rivojlangan davrda deyarli har bir insonning kamida bittadan mobil qurilmasi mavjud. Bunday gadjetlardan misol qilib telefon mobil qurilmasini olsak, uning batareyalari cheklangan va ma'lum soatlargagina yetadi xolos. Ba'zida mobil qurilmaga ehtiyoj tug'ilgan vaziyatlarda mobil qurilmaning quvvati bo'lmasligi mumkin, bu esa anchagina noqulaylik uyg'otadi.
Mening taklifim shuki, bekatlarda aynan shunday mobil qurilmalar uchun quvvatlash stansiyalarini o'rnatish lozim. Loyiha ikki bosqichdan iborat bo'lib, ular quyidagilardir:
1-bosqich: Bekatlarda quvvatlash stansiyalarini sinov tariqasida o'rnatish.
- Bu bosqichda faqatgina ma'lum va gavjum bekatlarda quvvatlash stansiyalari sinov tariqasida o'rnatiladi. Agar loyiha kutilganidek manfaatli bo'lsa, keyingi - ikkinchi bosqichga o'tiladi.
2-bosqich: Bekatlarda quvvatlash stansiyalarini o'rnatishni boshlash.
- Bu bosqichga kelib, boshqa ko'plab bekatlarga ham quvvatlash stansiyalari o'rnatish boshlanadi.
Loyihani amalga oshirishda tabiiyki moliyaviy ko'mak kerak bo'ladi, buni ham oldini olish o'ylab qo'yilgan:
- Loyihani moliyaviy jihatdan rivojlanishi uchun bu quvvatlash stansiyalaridan faqatgina pullik obunani sotib olganlargina foydalana olishadi;
- Obuna ta'riflari 4 turga bo'linadi: 1) Yarim soatlik; 2) Kunlik; 3) Oylik; 4) Yillik;
Obuna haqida ma'lumotlar bilan quyida tanishishingiz mumkin:
- Obunaning narxlari unchalik qimmat bo'lmaydi - eng standart narx tanlanadi;
- Obuna uchun berilgan muddat vaqti quvvatlash stansiyalaridan foydalanilmasa ham o'tib boraveradi;
- Obuna bo'lish uchun maxsus mobil ilovadan foydalaniladi, mobil ilovada esa "hisob" (account) yaratiladi, bu ishni uydan turib ham amalga oshirish mumkin bo'ladi.
Savol tug'ilishi mumkin - Telefon qurilmalari o'g'irlanmaydimi?
Bu uchun ham yechim topilgan bo'lib, u quyidagicha amal qiladi:
- Mobil qurilmalar begona shaxslar tomonidan o'g'irlanmasligi uchun mobil qurilmalar maxsus ochilib-yopiluvchi ushlagichlarda saqlanadi. Bunday ushlagichlarni suratini pastda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Hozirda Toshkent shahrida bunga o'xshash loyiha mavjud, biroq boshqa viloyatlarga haligacha bu loyiha yetib kelganicha yo'q va hali yetib kelmasa ham kerak deb o'ylayman. Bu loyiha eng kerakli loyihalardan bo'ladi degan umiddaman!
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!