yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Xonadonlarda va jamoat obyektlarida Greywater(qisman ifloslangan suv) tizimlarini joriy etish

Muallif: Fayziddin Abdusattorov
Holati: Tasdiqlandi
Ichimlik suvini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ko‘p qavatli uylar va xonadonlarda greywater tizimlarini joriy etishni taklif qilaman. 1. Asosiy g‘oya: Dush va oshxona rakovinasidan chiqqan chiqindi suvni qayta ishlash orqali unitaz va sug‘orish uchun foydalanish.Bunda har bir xonadon uchun modulli greywater tizimini joriy qilinib unitazga yuboriladi ,undan ortgan suvni uy pastida joylashgan markazlashgan rezervuarda yig'ish va sug'orish va boshqa ehtiyojlar uchun ishlatish asosiy maqsad hisoblanadi. 2. Kutilayotgan natijalar: Bir xonadonda kuniga o'rtacha 100-120 litrgacha suv tejash.Bitta ko'p qavatli uyda o'rtacha 100 ta xonadon deb hisoblasak,kuniga 10000-12000 litr ya'ni 10-12 metr kub suv tejaladi .Bir yilda esa 3650 metr kub suv degani. Oqava suv hajmini kamaytirish orqali kanalizatsiya tizimiga yukni kamaytirish. 3. Amaliyot: Greywater tizimlarini yangi uy-joy qurilishlarida majburiy qism sifatida kiritish va mavjud uylar uchun subsidiya ajratish. 4.Ekologik barqarorlik: Suvni qayta ishlatish atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy foyda: Xonadonlarning suvga bo‘lgan xarajatlari sezilarli darajada kamayadi. Ushbu taklif mamlakatimizning suv resurslarini muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lishiga ishonamiz.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.