yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

"Yoshlar bogʻi tabiat va jamiyat obodligi"

Muallif: Elbek Eloʻgʻliyev
Holati: Tasdiqlandi
Yoshlar bandligini va atrof muhit ni yashil makonga aylantirish uchun "Yoshlar bogʻi tabiat va jamiyat obodligi" loyihasini amalga oshirish kerak. Binobarin bu loyihani jamiyatga joriy qilsak tabiatga va jamiyatga ham koni foyda boʻladi. Toʻgʻri yurtimizda "Yashil Makon" loyihasi va "Yoshlar bogʻi" bor. Bu loyihalar jamiyatimizda izchil oʻz koʻlamini kengaytirib bormoqda. Meni taklifim shundaki har bir ish bilan band boʻlmagan yoshlarga, oʻz mahallasidan bogʻ uchun yer berilsa. Taklifim agarda jamiyatga tatbiq qilinsa samarasi bunday boʻladi. 1-dan mahalla kesimida bogʻdorchilikka qiziqib bu qiziqishi uchun joy masalasida qiynalayotgan yoshlar masalasi tezda oʻz yechimini topadi! 2-dan joy masalasi hal boʻlgach oʻz mablagʻi yetarli boʻlmagan yoshlarga bogʻdorchilik uchun imtiyozli kreditlar ajratish bilan, yoshlarni qoʻllab quvvatlash. Bu bilan jamiyatimizda kichik biznes rivojlanadi hamda yoshlar bandligi taʼminlandi! 3-qadam bu ijtimoiy himoyaga muhtoj oilala farzandlariga yoshlariga bogʻdorchilik uchun foizsiz kreditlar yoki subsidiyalar ajratish. Bu bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilala farzandlariga yoshlariga amaliy yordam berilgan boʻladi. Bu esa xalqchil davlat ekanimizning yana bir isboti boʻladi! 4-qadab yaratilgan boogʻning har bir qarichidan unumli foydalanish. Bu qanday boʻlishi kerak? Javob oʻrnida tariqasida oʻz hovlimda qilgan bogʻimni misol tariqasida tushuntirib oʻtaman. Bir soʻtix ixcham bogʻ qilganman eksperiment tariqasida va bu oʻz mevasini bermoqda! Bu bogʻim tevaragidan kichik ariq qazib bir tarafiga gilos, oʻrik, olma nok, uch xil uzum koʻchatlarini Otam bilan ekanmiz. Va oʻrta qismiga oilamiz extiyoji uchun zarur boʻlgan kartoshka ekkanmiz taxminan hosili 50 kilogrammdan koʻproq boʻlgan. Bir soʻtix yerda yigirma yetti tub koʻchat qolaversa kartoshka yetishtirdik. Bogʻdagi mevalar ham hosil bera boshlagan. Bu eksperimentni taxminan Bitta yoshga oʻn soʻtix yoki yigirma soʻtix bogʻdorchilik uchun yer ajratilgan deb olsak, qancha boʻladi. Ham oila ehtjoji ham ortib qolgani mahalla ehtiyojini qondiradi. 5- qadam mahalla oila mahalla ehtiyojidan ortgani tabiiyki ekspert qilishga ham imkon boʻladi. Bu esa oiladan tortib mamlakat iqtisodiyodiga ham sezilarli darajada goyda olib keladi. Xulosa shundan iboratki birgina tarmoq bilan olganda shu loyihni qoʻllash bilan shuncha jamiyatga manfaat keltirishi mumkun!
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.