"Street-art" ko'cha rassomlik san'ati yo'nalishini ommalashtirish
Yoshlar rassomlikning "Street-art" yo'nalishiga katta qiziqish bildirmoqda. Shuni hisobga olgan holda bo'sh devorlar va bolalar maydonchalari yaqiniga rasm chizish uchun yosh rassomlar orasida tanlov o'tkazish lozim. O'zining haqiqiy iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqargan rassomlarga bo'sh devorlarga rasm chizish imkoniyati va ruxsati berilishi ajoyib ish bo'lardi. Rassomlikning "Street-art" yo'nalishi orqali turizm rivojlanishiga yo'l ochiladi. Shaharlar infratuzilmasiga ham o'zgacha ko'rk bag'ishlashi bilan ahamiyatlidir. Ko'chadagi devoriy rasmlar yonida surat olgan yoshlar bilan sayyohlar esa hudud va Mamlakat haqida ijtimoiy tarmoqlarda o'z taassurotlari bilan bo'lishishadi. Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan yana biri sifatida xorijiy matbuotlarda ham e'tirof qilinishi imkoniyati paydo bo'ladi.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!