Imkoniyat
Muallif:
Azizbek Erkinov
Holati:
Tasdiqlandi
Men Erkinov Azizbek Jasurbek oʻgʻli Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 9 “blue” sinf oʻquvchisiman. Davlatimiz va ota-onam yordamini sezib turgan holda oldimga katta maqsadlar qoʻymoqdaman. Lekin, men boshqa, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan iqtidorli oʻquvchilarga ham shunday imkoniyatlar berilishini xoxlayman. Shu sababli, “Imkoniyat” loyihasini ishlab chiqib, uni amalga oshirishni taklif etaman.
Loyihaning dolzarbligi: Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oʻrta-maktab oʻquvchilari orasida iqtidorli yoshlar koʻpligiga qaramasdan, kundalik ijtimoiy muammolarini xal qilish majburiyati va qoʻllab-quvvatlashning yetarli emasligi koʻp holatlarda ularning kelajakka ishonchini susaytiradi.
Ularni mavjud imkoniyatlar hamda muvafaqqiyatga erishayotgan tengdoshlari hamda ularning rejalari bilan tanishtirish orqali kelajakka ishonchini kuchaytirib, rejalarini oʻzgartiradi.
Loyihaning maqsadi: Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oʻrta-maktab oʻquvchilari orasidan fan yoʻnalishlari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning bilimlarni oshirish hamda respublika va xalqaro iqtisodiyot olimpiadalarida munosib ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish.
Pilot hudud: Toshkent viloyati
Pilot fan: Iqtisodiyot
Loyiha auditoriyasi: Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 9-11sinf oʻquvchilari
Loyihaning potensial vasiylik tashkilotlari:
Toshkent viloyati hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi
Ishtirokchilarni tanlash:
Toshkent viloyatining har bir tuman va shahridan iqtisodiyot fanini oʻrganishga qiziqish bildirgan ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oʻquvchilar yozgan esselar Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Prezident maktabining oʻqituvchilar jamoasi tomonidan baholanadi.
Eng yuqori baholangan, jumladan Toshkent viloyatining har bir tuman va shahridan 1 tadan, jami 22 ta esse muallifi eʼlon qilinib, loyihada ishtirok etish uchun taklif etiladi.
Loyihani oʻtkazish:
Loyiha 1 kun davomida 3 raundda oʻtkaziladi.
1-raund: Ishtirokchilar “rost” yoki “yolgʻon” tezkor javoblari berilishini nazarda tutuvchi 20 ta savol bilan sinaladi. Eng tez va toʻgʻri javob bergan 12 ta ishtirokchi saralab olinadi.
2-raund: 1-raundda saralab olingan 12 ta oʻquvchiga turli murakkablikdagi jami 6 ta savol beriladi va eng koʻp ball toʻplagan 5 ta oʻquvchi saralab olinadi.
3-raund: 2-raundda saralab olingan 5 ta oʻquvchiga 1 tadan amaliy masala beriladi. Ishtirokchilar 45 daqiqa davomida berilgan amaliy masalaga yozma javob berishadi. Yozma javoblar komissiya tomonidan baholanib, loyiha gʻolibi (1-oʻrin) va sovrindorlari (2- va 3-oʻrinlar) aniqlanadi.
Kutilayotgan natija:
Ishtirokchilar uchun: iqtisodiyot faniga qiziquvchi oʻquvchilar, shu jumladan Prezident maktabi oʻquvchilari bilan doʻstona aloqalar oʻrnatish, oʻz bilimini sinash va oshirish, respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik koʻrish.
Oʻrta-maktablar uchun: Oʻquvchilar orasida iqtisodiyot fanini oʻrganishga qiziqishni yanada oshirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar potensialini xolis baholash, oʻqitish samaradorligini yanada oshirish imkoniyatlarini aniqlash.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi uchun: respublikada iqtisodiyot fani boʻyicha qoʻshimcha olimpiada oʻtkazish zarurati va dolzarbligini baholash, iqtisodiyot fanini oʻqitishdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va taʼlim dasturlarini yanada takomillashtirish yoʻnalishlarini belgilash.
Toshkent viloyati hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlar agentligi uchun: Oʻrta maktab oʻquvchilarining iqtisodiyot fani boʻyicha respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishga qiziqishini oshirish va potensial ishtirokchilar rezervini shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarni shaxsiy iqtidoriga koʻra kasbiy yoʻnaltirish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va yoshlar oʻrtasida ilm olishga qiziqishni oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish uchun nomzodlarni tanlab olish
Loyihaning rivojlanish istiqbollari:
Loyihani xar yilgi oʻquv yilida (qishki va bahorgi taʼtil) Qoraqolpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarini hamda oʻquv yilining yakunlanganidan soʻng (Yozgi taʼtilda) yakuniy Respublika bosqichi oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.
Respublikada iqtisodiyot olimpiadasi oʻtkazilishiga turtki berish va ularda ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarning samarali ishtirok etishiga amaliy yordam berish;
Loyiha gʻoliblari va sovrindorlarini akademik dasturlarga jalb qilish;
vasiy tashkilotlar koʻmagida loyiha ishtirokchilari uchun “Yozgi iqtisodiyot maktab” loyihasini tashkil qilish;
Loyihani matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha ham oʻtkazish.
Izoxlar (140)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!