Ta'lim kreditini qulaylashtirish va takomillashtirish
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq ta'lim turlari 7tadan iborat. Ma'lumki ta'lim kreditlari oliy va professional ta'lim muassasalarida tahsil oluvchilarga nisbatan qo'llaniladi. Ushbu bank-kredit sohasini rivojlantirish va aholiga qulayliklar yaratish maqsadida ta'lim kreditini ta'limning boshqa turlariga ham ajratishni yo'lga qo'yish lozim. Bunda ta'lim krediti (nodavlat) maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan tarbiyalanuvchi va o'quvchilarning ota-onalari tomonidan olishga imkon yaratiladi. Bu bilan ota-onalar mazkur pullik bo'lgan nodavlat ta'lim muassasalariga farzandlarini moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bera olmaslik muammolariga ham yechim bo'lishi va qamrov darajasining oshishiga sabab bo'lishi mumkin.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!