Milliy Kontent
Muallif:
Firdavs Numonov
Holati:
Tasdiqlandi
Milliy kontent mavzusi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Bu yo'nalishda esa sifatli milliy kontentlarni, shu jumladan bolalar uchun animatsion multfilmlarni ko'paytirish muhim hisoblanadi.
2d uslubida yaratilgan animatsion multfilmlar ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p ko'rilgan kontentlar qatorida turadi, bu soha mutaxasislari juda kam, bu yo'nalishni yaxshi o'rgatadigan markazlar deyarli yo'q. Men ko'p vaqtdan buyon animatsiya va multfilm sohasida faoliyat olib borib, ko'plab xususiy va davlat buyurtmalarini bajarib kelmoqdaman va bu sohani o'rganmoqchi bo'lgan yoshlarga 2d animatsion multfilm yaratish uchun mo’ljallangan dasturlarni, ish jarayoni va bosqichlarini, bu borada bilim va tajribamni o'rgatishga tayyorman. Shu sababli boshlang'ich faoliyatimizni o'quv markaz sifatida boshlab, kerakli kadrlar tayyorlab, keyin ular bilan jamoa shakllantirib ko'plab media kontentlar tayyorlasak; yoshlar, ham zamonaviy kasblarga ega bo'ladi, ham ish bilan ta'minlanadi. Va bu markazlarni Respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirish mumkin.
Bu kontentlarda ta’lim va tarbiyaga oid, tarixiy shaxslar va voqealarga oid ko’plab g’oyalarni amalga oshirish mumkin.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!