Chiqindilarni qayta ishlash va ulardan sanoat va qishloq xoʻjaligi uchun kerakli maʼlumotlar ishlab chiqarish
Muallif:
Boburjon Nasritdinov
Holati:
Tasdiqlandi
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish global muammolardan biri hisoblanadi. Aholi sonining oʻsishi va sanoatning rivojlanishi natijasida chiqindilar hajmi ortib, ular atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shunday sharoitda chiqindilarni qayta ishlash nafaqat ekologik muammolarni hal qilish balki, iqtisodiy jihatdan ham samarali yechim sifatida koʻrilmoqda. Chiqindilarni qayta ishlash jarayoni inson faoliyati natijasida hosil boʻlgan materiallarni qayta ishlashga imkon beradi. Ushbu jarayon orqali plastik, metall, shisha, qogʻoz va organik chiqindilardan sanoat va qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
Chiqindilarni qayta ishlash atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish uchun muhim jarayondir. Ushbu jarayon sanoat va qishloq xoʻjaligida kerakli materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Chiqindilarni qayta ishlashning asosiy yoʻnalishlari va ulardan foydalanish sohalariga:
1. Plastik chiqindilarni toʻplash, ajratish va qayta ishlash orqali sanoat uchun trubalar, idishlar va oʻram materiallar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilsa, qishloq xoʻjaligi uchun tomchilatib sugʻorish tizimlari, issiqxona plyonkalari ishlab chiqariladi.
2. Organik chiqindilarni qayta ishlash orqali sanoatda bioyoqilgʻi, biogaz va boshqa energiya manbalari ishlab chiqarilsa, qishloq xoʻjaligi uchun tuproq unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan organik ogʻitlar ishlab chiqariladi.
3. Metall chiqindilar ya'ni metallarni eritish va qayta shakl berish orqali yangi mahsulotlar olinadi. Sanoatni mashinasozlik, avtomobilsozlik va qurilish sohalari uchun zarur boʻlgan komponentlarni ishlab chiqilsa, qishloq xoʻjaligi uchun qishloq xoʻjaligi texnikalari va asbob-uskunalarni yaratishda foydalaniladi.
Chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yetakchi davlatlar ekologik barqarorlikni taʼminlash va resurslardan samarali foydalanishda muhim yutuqlarga erishgan. Bu soha boʻyicha yetakchi davlatlarga Germaniya, Belgiya, Shvetsariya, Niderlandiya va Yaponiya kabi davlatlarni sanab oʻtishimiz mumkin. Bu sanab oʻtilgan davlatlar ilgʻor texnologiyalardan foydalanib, chiqindilarini samarali boshqarish va qayta ishlashni ta'minlamoqda. Ularni tajribasini oʻrganish va texnalogiyasini joriy qilish boshqa davlatlar uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Germaniyaning avtomatlashtirilgan ajratish tizimlari ya'ni chiqindilarni avtomatik ravishda ajratib olish uchun yuqori texnalogiyali sensorlar, optik skanerlar va robotlashtirilgan tizimlar qoʻllanilmoqda. Ushbu texnalogiya orqali chiqindilarni samarali va tez ajratish, plastik, shisha kabi materiallarni maksimal darajada qayta ishlash imkonini beradi.
Shveytsariya chiqindidan energiya olish(WTE - Waste to Energy) texnalogiyasi chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqarishga qaratilgan.
Niderlandiya plastik chiqindilarni qayta ishlash orqali yangi xomashyo ishlab chiqarish texnalogiyasi hisoblanadi. Ushbu texnalogiya orqali qayta ishlangan plastikdan yangi mahsulotlar yaratish va plastikni tabiatga zarar yetkazishini oldini olish.
Yaponiya Biomass texnalogiyalari organik chiqindilarni fermentatsiya orqali biogaz va qishloq xoʻjaligi uchun sifatli organik oʻgʻitlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Yurtimizda ushbu texnalogiyani joriy qilib, qishloq xoʻjaligidan foydalanish.
Belgiya koʻp darajali ajratish va qayta ishlash texnalogiyasi. Chiqindilarni bir nechta bosqichda ajtarib, har bir turli materiallar alohida qayta ishlashga asoslangan. Har bir chiqindi turi uchun maxsus ishlov berish va qayta ishlash darajasini oshirish kabi afzalliklarga ega.
Ushbu davlatlar texnalogiyalari asosida ishlaydigan zavodlarni yurtimizda ham qurish va chiqindilarni qayta ishlab atrof-muhitga zarar yetkazmasligimiz kerak.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!