Kitobxonlikka targ'ib
"Kitob va Ma'naviyat Kechalari" loyihasi
Har hafta yoki oyda bir marta maktab, mahalla yoki shahar darajasida kitob va ma'naviyat kechalarini tashkil Qilish kerak. Ushbu kechalarni (fikrimcha) 6 ta usulda tashkil Qilish mumkin
1. Mashhur asarlarni muhokama qilish:
Har bir kecha uchun oldindan bir kitob tanlanadi (masalan, O‘zbek yoki jahon adabiyotidan). Tadbir davomida kitobni o‘qigan ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirib, muallifning g‘oyalari haqida bahslashadi.
2. Yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar:
Mahalliy yozuvchi yoki shoirlarni taklif qilib, ularning ijodi va hayotiy falsafasi haqida suhbat uyushtirish.
3. Ma'naviy mavzulardagi suhbatlar:
Ma'naviy fazilatlarni rivojlantirishga oid mavzularda qisqa nutqlar yoki suhbatlar uyushtirish.
4. Ijodiy tanlovlar:
“Eng yaxshi kitob tavsiyasi” tanlovi: ishtirokchilar o‘qigan kitoblari haqida qiziqarli tavsiyalar tayyorlashadi.
“Yangi hikoya yozish” tanlovi: ishtirokchilar o‘z ijodini sinovdan o‘tkazishadi.
5. Audio va video kontent:
Kechani jonli efirda yoki video formatda yozib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali ko‘proq yoshlarni jalb qilish.
6. "Zakovat" o'yini
Zakovat Juda qiziqarli o'yin bilimdonlar Jamoa bo'lib bellashishadi. Ana shu o'yin orqali ham targ'ib qilish kerak.
To'g'ri Zakovat o'yini Zakovat NNT tomonidan yılda 1 marta o'tkazib kelinadi, biroq bu kam. Har hafta mahallada bir Kun , har oyda tumanda 1 Kun mahallalar o'rtasida o'tkazish kerak. Shu o'yin bilan ham Kitob o'qishga majbur bo'lishadi odamlar.
7. Motivatsiya tizimi:
Faol ishtirokchilar uchun mukofotlar (kitoblar, esdalik sovg‘alari) yoki sertifikatlar berish.
Bu loyiha nafaqat kitobxonlikni oshirishga, balki yoshlarda ma’naviy bilim va odob-axloqni mustahkamlashga ham yordam beradi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!