yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Yoshlar bandligini va ijtimoiy himoyasini taminlash

Muallif: Diyorxon Murodov
Holati: Tasdiqlandi
yoshlar bandligini va ijtimoiy himoyasini ta'minlash uchun bir qator strategiyalar va dasturlar oshirish kerak deb óylayman. 1. Ta'lim va malaka oshirish: yoshlarni ta'lim bilan ta'minlashga, kasb-hunar ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor berish kerak .Bu, o'z navbatida, ularni ish bozoriga yanada tayyorlaydi. 2. Ish joylari yaratilishi: iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion sektorlarni rivojlantirishga harakat qilishish kerak. 3. Ijtimoiy himoya tizimi: Yoshlar uchun ijtimoiy himoya dasturlari (masalan, ishsizlik nafaqasi, shartli nafaqa imkoniyatlari) taqdim etilish kerak manimcha . Bu, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi turishda yordam beradi desam tóğri bóladi. 4. Mahalliy hamjamiyatlar va tashkilotlar bilan hamkorlik: Yoshlar bandligini ta'minlashda mahalliy tashkilotlar va jamoalar bilan hamkorliklar qilish . Bu, yoshlarni ishga joylashish va ijtimoiy faoliyatlarga jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi. 5. Mentorlik va ko'mak: bu dasturlar orqali yoshlar tajribali mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lishadi. 6. Sog'liqni saqlash va psixologik yordam: Yoshlar sog'lig'ini va ruhiy salomatligini saqlash maqsadida turli xil sog'liqni saqlash dasturlari va psixologik yordam xizmatlari ko'rsatilish kerak Hozircha shulardan iborat
Izoxlar (19)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.