yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Maktablarda tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishni oshirish va ekomadaniyatni kuchaytirish.

Muallif: Otabek Abduraximov
Holati: Tasdiqlandi
Oʻquvchilarda tabiiy fanga boʻlgan qiziqishni oshirish orqali ular ongida eko madaniyatni oʻstirish. Dastur maqsadi aniq va yoʻl rejasi mavjud. Bunda Qoʻqon shahridagi barcha maktablardagi tabiiy fan oʻqituvchilari darsni amaliy tarzda ekologiya va hayotga bogʻlab oʻtishi uchun zaruriy kitoblar va resurslar berilgan. Yana “Fiz-Mat” ntm hamkorligida har bir maktabga tashrif buyirib darslarda turli tajribalar qilib berilmoqda.Bu bilan oʻquvchilar darslar faqat nazariy emas balki amaliy tarzda juda qiziq oʻtilishi haqida tushinib yetishdi. Bu darslarga va maktabga qiziqmayotgan yoshlarni birdaniga uygʻotdi va ular katta qiziqish bilan bu fanalar qiyin emas balki qiziq va ajoyib ekanini bilishdi. Bu 100% samara berdi. Tahlillarga koʻra biror narsani koʻz bilan koʻrib va oʻzi qilib koʻrsa miyyada muhirlanib qoladi.Darslardagi amaliy va kreativ yondashuvlar orqali qiyin bir qoidani onsongina yetkazish mumkin. Taklifim. Bu birgina men va jamoam qilgan ish.Buni bizning tajribamiz orqali boshqa viloyat tuman va shaharlariga ham tatbiq etish.Eng chekka qishloqlardagi bolalar ham zamonaviy bilim olishga haq. Bu ishni qanaday eko madaniyatga aloqasi bor? Tabiiy fan oʻz oʻzidan hayotiy fan.Buz darsdagi tajribalarimiz orqali yashil energiya va boshqa foydali ixtirolar qilishga bolani undaymiz.Bu ham oʻz tasdigʻini topgan. Masalan, har yili shu maktablar oʻrtasida “Yosh ixtirochi” tanlovlarini oʻtkazdik.Tanlovda biz kutmagan ixtirolar namoyish etildi. Ular ichida ekologiya va hayot uchun zarurlari talay.Ularni qoʻldan kelgancha moliyalashtirdik. Mana qarang biz qilgan ishlar meva bermoqda. Buni boshqa joylarda ham qilish kerak! Faqat darsni yozish bilan oʻtkazgandan natija boʻlmaydi.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.