yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

"BrightMind Skillsharing" Mobile app

Muallif: Dilshoda Djurayeva
Holati: Tasdiqlandi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va IMC Krems Universiteti Foundation Fakulteti 1-kurs Talabasi Djurayeva Dilshodaning Start-up Loyihasi “BrightMind” Skillsharing Mobil Ilovasi Muammo Universitetlarda talabalar o’rtasida hamkorlik yetarlicha rivojlanmagani sababli amaliy ko’nikmalar va tengdoshlar o’rtasida bilim almashish imkoniyati cheklangan. Ko’plab talabalar o’z o’qish jarayonida ma’lum bir fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch keladi. Natijada baholar past chiqadi, bu esa ularning o’ziga bo’lgan ishonchini kamaytiradi va umumiy akademik muvaffaqiyatga ta’sir qiladi. Misol: Ko’plab universitetlarda talabalar o’rtasida ko’nikmalarni o’rganish uchun formal tarmoq yo’q. Masalan, ba’zi talabalar o’zlari uchun matematika yoki fizika kabi murakkab fanlarda yordam olish uchun kimga murojaat qilishni bilmaydi. Agar o’quv jarayonida yordam so’ragan talabalar uchun o’zaro bilim almashish imkoniyatlari bo’lmasa, ular o’qishni davom ettirishda qiyinchiliklarga duch kelishadi va bu natijada, ularning akademik baholari past bo’lishi mumkin. Misol sifatida, bir talabaga matematikadan o’rganish uchun yordam berish uchun yetarlicha malakali va samarali yordamchi topilmasa, uning akademik yutuqlari zaiflashadi. Yechimlar “BrightMind” Skillsharing Platformasi – BilimAlmashish Mobil Ilovasi • Universitetda qiyinchillika uchragan fanlarni tengdoshlari yoki kursdoshlari bilan bilimalmashib samarali o’rganish imkoniyati. • Universitetda baho ko’rsatgichlarini yaxshilash. • Yangi bilimlarni o’rganish imkoniyati. • Qo’shimcha moliyaviy xarajatlarni kamaytiradi. • Ishga joylashish imkoniyatlari. Tizimning Ishlash Tartibi 1 – Bosqichda barcha foydalanuvchilar o’z profilini yaratib, bilim va ko’nikmalarini ro’yxatga oladi. 2 - Bosqichda mobil ilova foydalanuvchilari ehtiyojlariga ko’ra mos keladigan foydalanuvchilarni topadi. 3 – bosqichda sessiyalar onlayn yoki yuzma-yuz shaklda amalga oshiriladi. Misol: Misol uchun, talabalar ro’yxatga olinganda, ilova foydalanuvchining ko’nikmalari va talablariga mos keladigan foydalanuvchilarni tanlab, ularni o’zaro bog’laydi. Misol tariqasida, agar bir talaba ingliz tilidan yordam so’rasa, ilova uni ingliz tilida yaxshi bilimga ega bo’lgan bir nechta foydalanuvchilar bilan bog’laydi. Bu yordamni onlayn yoki yuzma-yuz shaklda olish imkoniyatini yaratadi. Yoki har bir universitetda mavjud bo'lgan 'Hemis' yoki 'Canvas'' mobil ilovalari orqali talabalar sherik tanlashda o'z akademik ko'rsatkichlarini ko'rib chiqishlari mumkin. Bu ilovalar yordamida talabalar qaysi fanda yaxshi bilimga ega ekanliklarini va qobiliyatlarini aniqlashlari mumkin. Shuningdek, ular tanlayotgan sherigining zaif ko'rsatkichlari bo'lgan fanlarini ham bilishlari muhim. Buning sababi, talabalar o'zaro bilim almashish uchun bir-birlaridan foydalanishlari kerak. Ilovaning Xususiyatlari - Foydalanuvchi paneli: Mavjud ko’nikmalar va sessiyalarni kuzatish imkoniyati. - Kategoriyalar: Texnologiya, IT, tillarni o’rganish, fan va matematika, jamoatchilik oldida chiqish san’ati, san’at va boshqalar. - Gramifikatsiya: O’rganish va o’rgatish uchun ball va nishonlar olish imkoniyati. - Statistika: Vaqt o’tishi bilan o’sishni kuzatish (o’rganilgan ko’nikmalar soni, o’qitish soatlari vaboshqalar). Maqsadli Foydalanuvchilar - Talabalar: Rezyumelarini mustahkamlash uchun yangi ko’nikmalar o’rganadilar. - O’qituvchilar: Mobil ilova orqali mentorlik imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Real Misollar 1. Coursmos – Braziliya: Talabalar bir-birlariga muvaffaqiyatli xizmatlar almashish mumkin, masalan, bir talaba ingliz tilini o’rgatish evaziga matematikani o’rganadi. 2. Peer Tutoring Platform – Buyuk Britaniya: Talaba o’z muvaffaqiyatli kursini yoki darsini boshqalarga o’rgatib, bilim almashadi. “BrightMind Skillsharing” Ilovasining Afzalliklari va Farqlari 1. Global hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi va dunyo bo’ylab ochiq madaniy almashinuvni ta’minlaydi. Global hamkorlik imkoniyatlari: Mobil ilova nafaqat o’z universitetida, balki dunyo bo’ylab foydalanuvchilarni birlashtiradi va O’zbekiston talabalari va yevropa talabalari mobil ilova orqali o’z bilimlarini samarali yo’l bilan almashishadi. Misol uchun O’zbekistonlik talaba yevropadagi talabaga matematikani o’rgatish orqali undan IT sohasini o’rganishi mumkin. Bundan tashqari talabalar ingliz tilida yoki boshqa tillarda muloqot qilish orqali o’z bilimlarini oshirishlari ham mumkin. Bu esa ular uchun global madaniyatni o’rganish va turli xalqlar bilan tajriba almashish imkoniyatini yaratadi. 2. Texnik/Ijtimoiy ko’nikmalar (hard/soft skills) rivojlanishi: Foydalanuvchilar o'z ko’nikmalarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu mobil ilova talabalarni nafaqat akademik bilimlar bilan ta’minlaydi, balki ularga nazariy bilimlarni ham amalda qo’llash imkoniyatini yaratadi. Talabalar suhbatlashish odobi, muammolarga yechim topish, yangi tanishlar orttirish va dunyoqarashning o’zgarishi kabi ko’nikmalarni rivojlantiradilar. Bu, kelajakda ularning ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradi, chunki amaliy ko’nikmalar va professional tarmoq yaratilishi imkoniyati taqdim etiladi. Misol: Agar bir talaba Pedagogika yo’nalishida ta’lim olayotgan bo’lsa va mobil ilova orqali o’z tengdoshi bilan bilim almashayotgan bo’lsa, u nafaqat o’zining bilimlarini mustahkamlaydi, balki o’zaro tajriba almashish jarayonida pedagogik ko’nikmalarini ham rivojlantiradi. Bu jarayon orqali u qanday qilib o’quvchilar bilan samarali suhbatlashishni, ularga qanday qilib o’qitishni, muammolarni qanday hal qilishni va turli yoshdagi o’quvchilar bilan ishlashni o’rganadi. Shu tarzda, platforma talabaga o’z bilimlarini faqat akademik sohada emas, balki kundalik hayotda, ijtimoiy va professional muhitda ham amalda qo’llash imkonini beradi. Bu esa nafaqat o’quvchilarga, balki kelajakda malakali pedagog yoki professional mutaxassis bo’lish uchun zarur bo’lgan tajriba va ko’nikmalarni hosil qiladi. 3. Sifat Nazorati va Javobgarlik: Foydalanuvchilaro'rtasida bilim almashish jarayonida sifat nazorati va javobgarlikni ta'minlaydi. Bu platformada talabalar bir-biriga mas’uliyatli bo’lishadi va belgilangan muddat ichida o’z sheriklariga natija chiqarish majburiyatni olishadi. Har bir talaba o’zining ko’nikmalarini boshqalarga o’rgatish, o’ziga esa yangi bilimlarni o’rganishda yordam olishni kutadi. Bu jarayon talabalarga o’zaro hamkorlikni va jamoaviy ishlashni o’rgatadi. Shuningdek, mobil ilovada o’qituvchilar mentorlik qiladi va talabalar o’rtasida natija ko’rsatmagan yoki faol bo’lmaganlarni aniqlaydi. Agar talaba belgilangan natijalarni bermasa yoki darslarni o’tkazib yuborsa, uning ballari kamayadi yoki jazo qo’llaniladi. Bu esa talabalarni o’z vaqtida ishlashga va belgilangan muddatlarga rioya qilishga undaydi. Bundan tashqari, ilovada" reminder "tizimi mavjud bo’lib, har bir talaba o’tkazib yuborgan darslar yoki topshiriqlar haqida ogohlantirish oladi. Bu tizim talabalarni darslarga faol bo’lishga va o’zgarishlar bilan doimiy ravishda xabardor bo’lishga turtki beradi. Ogohlantirishlar va eslatmalar talabalarni o’z ishlarini rejalashtirishga, vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqishga yordam beradi va ularni maqsadga erishishda samarali va intizomli bo’lishga undaydi. Loyihaning Byudjeti Umumiy Byudjet - 40 million Umumiy Mobil ilovani yaratish: 30 million Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish – 15 million (foydalanuvchilar ro’yxatga olish tizimi, ko’nikmalarni moslashtrish algoritmi va o’quv sessiyalari boshqaruv panelini yaratish uchun dasturchilar xarajatlari) Dizayn ishlari – 10 million (Foydalanuvchi interfeysi (UI) va (UX) dizayini ishlab chiqish uchun. Texnik Infratuzilma – 5million (Serverlar va hosting xizmatlari uchun mablag’) Umumiy Marketing xarajatlari- 15 million Ijtimoiy tarmoqlar reklamalari (Instagram,Telegram, va Facebookkabi platformalardareklama kampaniyalarini amalga oshirish) Banner va bosma materiallar -10 million Influencer bilan hamkorlik - 5 million (Yoshlar orasida mashhur bloggerlar va ta’sirchanshaxslar orqali platformani reklama qilish ) Boshqa xarajatlar (konsultatsiyalar, ofis xarajatlari vah.k.) - E’tiboringiz uchun rahmat!

Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.