yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Tadbirkorlik boʻyicha

Muallif: Shohzod Omonov
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum hozirgi kunda yoshlarimizga PQ 153 sonli qaror boʻyicha ekin maydon va chorvachilik qilish uchun yerlar ajratilyapti shu yerlarni bitta yoshga 20 sotix emas balki 1 gektar bersa shu yoʻnalishda yer olgan yoshlarga tadbirkorchilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni foiz qismini 5% yoki eng koʻpi bilan 10% qilib 300 million soʻmgacha imtiyoz qilib taʼminotchi aralashtirmasdan plastik kartasiga tashlab bersa shu yoshlar 2-3 yilda tadbirkorchilikini yoʻlga qoʻyib kamida har bittasi 10 tadan yoshni band qilishadi bu imtiyoz faqat yer olgan yoshlar uchun amal qilsa yaxshi natija beradi. Masalan: 1 ta yoshga chorvachilik qilish uchun 1 gektar yer ajratilsa 300 million soʻm imtiyozli kredit ajratilsa shu pulni 70-80 million qismi molxona qurishga ajratilsa 10-15 million qismi oʻt hashakka ajratamiz qolgan pulga sut yoʻnalishidagi zotdor mollardan boshlanishiga 10 ta olib tadbirkorchilikni yoʻlga qoʻyish mumkin. Asta sekinlik bilan daromad olib boshlagandan soʻng sut va sut mahsulotlarini oʻzimizni bozorlarga yetkazib bera boshlaydi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.