AstroPhysics
Loyiha "Astrofizika" deb nomlanadi va bu loyiha astronomiya va fizika fanlarini 3 tilda o'rganish uchun o'quv dasturidir. Ushbu loyihaning maqsadi yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan koinot, fan va onlayn ta'limga qiziquvchi yoshlarni qamrab olishdir. Shuningdek, ular o'rganganlarini mustahkamlash uchun testlardan o'tadilar. Ilovamizning "topshiriq" bo'limida NASA Challenges mavjud va o'quvchilar ushbu muammolar bo'yicha loyiha va takliflarni taqdim etadilar. Shundan so'ng muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshiriladi.
Dastlab, ushbu loyihada o‘quvchi “O‘zbekkosmos” tomonidan taqdim etilayotgan yangiliklar va tanlovlardan bevosita xabardor bo‘ladi. Mamlakatimizda ushbu agentlik tizimini rivojlantirish, unga malakali kadrlar yetishtirishga ko‘maklashish asosiy maqsadlarimizdir.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsam, biz yoshlarni bu sohaga qiziqtirish, vatanimizdagi bolalarda bu sohaga bo'lgan talab ancha sust ekanligini hisobga olib ish yuritadigan bo'lsak bu loyiha bunga yechim bo'la oladi degan ishonch bizda jo'sh urmoqda ,yana bu loyiha orqali yoshlarni bu sohaga jalb etsak qanday yutuqlarga erishishi qanday imkoniyatlarni qo'lga kiritishi, bu sohaga bo'lgan talabning kuchayotganligni ushbu mobil ilova orqali ifodalashimiz mumkin. Agar bu loyiha amalga oshiriladigan bo'lsa biz o'z yo'lini topa olmayotgan soha bo'yicha qiziqishi bor yoshlarni bu sohaga yo'naltira olishimiz mumkin. Loyiha albatta jamoamiz orqali amalga oshiriladi. Jamoamiz tarkibida bir qancha respublika va xalqaro tanlovlar g'oliblari, top universitetda ta'lim oluvchi, fizika, astronomiya sohasida bilim va qiziqishga ega bo'lgan yoshlar mavjud.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!