Huquqiy Amaliyot
Huquqiy amaliyot
Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani Yaxtilik MFY profilaktika inispektori lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.
Mening taklifim shundan iboratki yoshlarni huquqiy ongini oshirish, ularni vatanparvar qilib tarbiyalash, va bugungi kunda jamiyatda yurish turish qoidalarini yanada chuqur o'rgatish maqsatida ularga amaliy huquqiy bilim va amaliyot o'rgatishdan iborat. Buni qanday amalga oshirishimiz mumkin bunda Profilaktik va Probatsiya xisobida turgan yoshlarni profilaktika inispektoriga briktirib 7 kunlik yoki 15 kunlik profilaktika inispektori bilan birgalikda ish olib borishadi yani u bilan birga yurib yonma-yon ishlaydi unda huquqbuzar inispektor bilan birgalikda kun davomida aholidan tushgan murojaatlar ularning yechimlari xujjatlarni yurgizish huquqbuzarlarga qo'llaniladigan jazo turlari va ularga jamiyatdaki boshqa insonlarning qarashlari kabi xolatlarni o'z ko'zi bilan ko'rib xulosa chiqarib boradi, ish davomida ko'chalardaki janjalkash yoshlar, tungi vahtlari bemasad yurgan yoshlar va notinch oilalarga borib ularga mahalla faollari nuroniylari tomonidan qilinadigan o'git nasiyatlarni ko'rib shaxs sifatida o'zi uchun ko'p xulosa chiqaradi va shu qisqa vaqt ichida profilaktika inispektorining ish faoliyatini o'rganadi yani u o'zini bezori yoki ko'chaning bolasi emas balki jamoat tartibini saqlovchi shaxs dek xis qiladi men o'ylaymanki bu uning xulq atvoriga juda katta tasir qiladi. Ularga bu amaliyotni o'tash foydali bo'lishi uchun aynan shu amaliy jarayondan namunali o'tgan xulq atvori yurish turishida o'zgarish bo'lgan yoshlarni muddatidan oldin profilaktik xisobdan chiqarish uchun yordam beradigan tizim qilsak men o'ylaymanki ular o'zlari kelib bu amaliy jarayonda qatnashishadi. Qisqacha taklifim shulardan iborat bu taklifni yanada kengaytirib ishlab chiqyabman xozirda.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!