Hakkatonni besh tashabbusha qo'shish va yosh dasturchilarni qo'llab quvvatlash
Dasturchilar orasida mashhur hakkaton harakatini besh tashabbus olimpiadasi darajasiga chiqarish lozim. Bu ishni amalga oshirsak 5 bosqichli tizimda boshqa sohalardan jamoalar yaralgandek bitta to'laqonli ishni bajaruvchi dasturchilar jamosini yaratamiz. Muhimi buni shunaqa darajaga chiqarishimiz lozimki unda g'olib bo'lganlarni kompaniyalarimiz xorij kompaniyalari ularni ishga taklif qilishi uchun yaxshi portfolyuga ega bo'lishsin bu qadamlarni bosib o'tishgandan so'ng faqatgina olimpiada g'olibligini emas balki ishni ham olishadi. Buni moliyalashtirishda katta yaxshi IT kompaniyalar bilan hamkorlikda ularga yaxshi boshlang'ich junior stajor kadr topib berish bilan birgalikda ularni bandligi ham tamnilanadi. Bora bora bu harakat ish yutib olish va unga kurashish saviyasida olib borilsa va unga yetarlicha bolalar qiziqtirilsa ikki tomon ham yutuqga erishiladi. Yoshlar ishlari agentligi yosh dasturchilar uchun katta imkoniyat yaratib bergan bo'ladi. Tassavur qiling xuddi kitobxonga o'xshagan ammo dasturchilar orasida ular doimiy katta kompaniyalarda ishlashni orzu qilishadi. Bu loyihani yetarli darajada rivojlantira olsak nafaqat O'zbekiston balki MDH davlatlaridan bizga chegaradosh bo'lgan yoshlarni qamrab oladigan loyiha qilib har yili 40-50 nafar potensiali baland bo'lgan yosh dasturchilarimiz ish bilan kompaniyalarimiz ishchi kuchi bilan taminlanadi(1-2-3 Respublika bosqichi g'oliblari nazarda tutilayabdi). Ammo bu orqali dasturchi yoshlarimizni hozirgi O'zbekiston darajasidagi o'rni keyingi bosqichga ko'tarilsa bora bora ularni o'qitish ishga joylashtirish jahon bozorida o'z o'rnilarini topishi oson bo'ladi.