Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish
Yo'nalish:
Tadbirkorlik, fermerlik, frilanserlik
Muallif:
Ravshanbek Ismatullayev
Holati:
Tasdiqlandi
Hozirgi kunda yoshlarimiz tadbirkorlik sohasining bir qator yo'nalishlariga qizib kelishmoqda, Prezidentimiz tomonidan yosh tadbirkorlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar orqali bir qancha yetuk tadbirkor yoshlarimiz yetishib kelmoqda. Ammo tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan yoshlarimizning aksariyat qismi yetarli bilim, ko'nikmalarga ega bo'lmaganliklari sababli qiyinchilikga duch kelib, tadbirkorlikni tugatish holatlari ham uchrab turibdi. Taklifim shundan iboratki, Imtiyozli kredit olib tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan yoshlar uchun "YOSH TADBIRKORLAR" o'quv maktabini ochib, unda yurtimizdagi eng malakali tadbirkorlar tomonidan o'z bilimlarini, faoliyatlarini, sir asrorlarini yoshlarimizga amaliyotda qo'llab ko'rsatadigan markaz ochishni taklif qilgan bo'lar edim.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!