Toza ichimlik (yer osti) resurslarimizni kelajak avlodga ham o'tkazish, va chiqindi suvlarni qayta ishlash.
Muallif:
Javohir Abdumominov
Holati:
Tasdiqlandi
Bu masala biroz ko'tarilishi etika yuzasidan biroz muamolarga duch keladi , yani muhokama qilmagan shu masalamiz qoludi degan qarashlar bor. Ammo butun dunyoda bu masala muamoli va turli davlatlar o'z yechimini ham dunyoga taklif qilib kelmoda. Oddiy misollar baxtlilik ko'rsatkichi va toza tabiati bilan doim oldinda turadigan , yevropani baxtli davlatlari, juda katta foizda chiqindi suvni qaytta ishlab , yo texnik suv sanoatiga yoki tabiat uni qayta ishlashga qiynalmaydigan ko'rinishda daryo va havzalarga chiqarib yuboradi.Men ko'tarmoqchi bo'lgan massala ham aynan shu.
Bu masala chiqindi suv sanoati yani kanalizatsiya va mayishiy oqava suvlar.Hozirgi bizdagi tendensiya yer usti - ham yer osti suv resurslarimiz kamayib borish ko'rsatkichida. Yer ustidagini tejaylik, yer ostidan kelganini hech bo'lmasa qayta ishlab joyiga qaytaraylik.
Taklifim , har bir viloyatda yani urbanizatsiyasi yuqori bo'lganlarida ayniqsa , chiqindi suvni dastlabki qayta ishlaydigan tankerlarni qurish, ularni tizimli yo'lga qo'yish va chiqindi suvni daryo va havzalarga uzatishda uni eng tez qayta ishlanib ketadigan formaga o'tkazish. Bu borada deyarli hamma oliy talimda "Chiqindi suvlarni qayta ishlash biotexnologiyasi " da mutaxasis talabalar talim olmoqda.
Suvni jahon tajribasida biologik tozalash ishlari olib borilayabdi,
- birinchi ishlov kimyoviy bunda " anorganik moddalar va jisimlardan tozalanadi,
- ikkinchi ishlov biologik bunada " ishlov berilgan bacteriyalar suvni organik moddalardan tozalaydi, yani bacteriyalar suvdagi organik qismni ozuqa sifatida o'zlashtiradi.
Bu jarayonlardan keyin suv ichimlik uchun yaramasa ham tabiat va daryo landshaftiga hech qanday tasir ko'rsatmaydi.
Suvni qanchalik tejaylik va uni asraylik deb bong urmayllik hali ham oddiy aholi ongida suv tugalmas resurs degan fikr mavjud va juda katta suv zahiramiz yo'qotildi va yo'qotilmoqda . Biz oddiy mayishiy hayotimiz uchun ishlatadigan suvimiz ham katta miqdorda chiqindi sifatida yo'qotilmoqda . Aholi soni yuqori va o'sib bormoqda mayshiy suvga bo'lgan ehtiyoj ham yuqori , albtta bundan o'ziga yarasha katta hajmda kanalizatsiya va chiqindi suv hosil bo'ladi ,
menimcha endi uni qayta ishlash bosqichiga o'tish vaqtimiz keldi !!!
Izoxlar (4)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!