yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan unumdorligi juda past bo'lgan suvsiz yerlardan eksportbop KOVUL dorivor o'simligini yetishtirish orqali yoshlarning bandligini ta'minlash shu orqali katta daromad topish.

Muallif: Sardor Mahmudjonov
Holati: Tasdiqlandi
Qishloq xo'jaligida foydalanish uchun yaroqsiz bo'lgan suvsiz toshloq yerlardan hozirda katta daromad olish mumkin deyilsa ko'pchilik ishonmasligi mumkin. Buni biz bir necha yillardan beri amalda isbotlamoqdamiz. KOVUL nomli (kavar) ham deyiladi dorivor o'simligi suvsiz toshloq yerlarda ham o'saveradi. Qishdagi qor bahordagi 4-5 marta yog'adigan yomg'irni o'zi kifoya qiladi. Men bu taklif orqali Respublika bo'yicha birinchi yilning o'zida kamida 5-7 ming yoshlar band bo'lishini bular orqali 150-200 ming aholi asosan ishsiz ayollar mavsumiy ishli bo'lishini taxmin qilmoqdaman. Ushbu Kovul nomli dorivor o'simlik Yevropa davlatlariga jumladan Turkiya, Rossiya, Italiya kabi davlatlarga eksport bo'lmoqda. Qo'shimcha fayllar orqali ko'rishinglar mumkin. Kovul o'simligi may-avgust oylarida yetishib qo'lda teriladi. 2024-yilgi mavsumda o'zim 20 gektar suvsiz toshloq yerdan 30 milion so'm daromad qildim. 40 Nafar terimchilarim esa terim mavsumida oyiga 2,5-3 miliondan daromad qilishdi. Eng yana bir ahamiyatli tomoni shundaki bu o'simlik birinchi yili ekiladi shu bilan keyingi yildan boshlab hechqanday xarajat qilinmaydi. Na dori na suv shart emas. Faqat daromad. Respublikamizda 208 ta shahar tumanlarimiz mavjud bo'lsa. Shularda har birida kamida 2-5 ming gektardan hozirda suvsiz foydalanilmayotgan yerlar mavjud. Shu taklif ko'rib chiqilib ma'qullansa buni yoshlar uchun foydasi katta deb o'ylayman. Agarda forumda ishtirok etsak albatta ushbu o'simlikni yetishtirish u qanaqa bo'ladi barchasi olib borib ko'rsatib u yerdagi fermerlik bo'yicha mutaxassislar bilan yanada kengaytirish choralari bo'yicha fikr almashardik. Bu bandlik bo'yicha katta loyiha hisoblanadi.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.