"Smart street lights" innovatsion loyihasini keng ko'lamda O'zbekiston Respublikasi shaharlari va qishloqlariga tatbiq etgan holda 60 % gacha elektr energiyasi samaradorligiga erishish
Loyiha amaliyotga tatbiq etilganda mamlakatimiz elektr energiya tizimi uchun juda ham katta foyda keltirishni boshlaydi. Xususan, hozirgi kundagi odatiy koʻcha chiroqlarini yorugʻlik intensivligiga moslashuvchan qilmoqchimiz. Bunda biz aynan shom va azon vaqtlarida elektr energiyani tejab qolamiz. Aytaylik shom va azon vaqti birgalikda bir soat ya’ni 60 minutni tashkil qilsin. Bunda odatiy koʻcha chiroqlari bor kuchlanishda yonib turadi. Bizni tizimda esa led projektolar yorugʻlik intensivligiga moslashgan holda yonib oʻchishi nazorat qilinadi. Chiroqlarni boshqarish ham shular jumlasidandir. Hozirgi kunda loyiha to'liq mahsulot holatiga keltirilgan va eksperiment o'tkazilgan. Natija: 13.5 KW elektr enenrgiyasi ishlatiladigan joyda yangi innovatsion tizim 5.5 KW elektr energiyasi iste'mol qilgan. Ya'ni bu 60 % gacha elektr energiyasi tejalganidan dalolat beradi.