Fikriy uyg'oqlik loyihasi
Assalomu Alaykum.
Fikriy uyg'oqlik loyihasi bu avvalo jamiyatimizda insonlarni fikrlashga undashga qaratilgan keng qamrovli loyiha.Maqsadi Fikriy uyg'oq jamiyat qurish yo'lida kichik va sifatli ishlar qilish.
Ushbu loyihani yo'lga qo'yish uchun Nukta sahifasi orqali auditoriyaga turli xil chellenjlar, yutuqli shartlar, loyihalar va tadbirlar yo'lga qo'ydik.
Deyarli bir yil davomida uzluksiz umumiy hisobda 700 ga yaqin kitob va pul mukofotlari auditoriyaga hadya qilindi.
Biz bunda keng masshtabni qamrab olishni reja qilganmiz.
Ayni damda kanallarimda 30k atrofida auditoriyam bor va hammasini maqsadi Nukta loyihasini rivojlantirish.
Is'hoqxon Ibrat jadid bobomiz harakatlarini 100 yillik qaridan davomi Ibrat academy bo'ldi.
Mahmudxo'ja Behbudiyning zahmatlari orqali mutolaa dunyoga keldi.
Endi esa Abdulla Qodiriyni "Uxlaganlarni qodir esak uyg'otamiz", Behbudiyning "Fikriy inqilob!" va Prezidentimizning yoshlarga qarata "Yoshlar mafkuraviy sohada raqobatga tayyormi?" kabi fikr va savollarga "Ha!" deydiganlarni bir joyga jamlash va rivojlantirish, har biri o'zi bilan eng kamida 1mln yoshni ergashtiradigan 1000ta Uyg'oqni yetishtirish maqsadida Fikriy uyg'oqlik yoxud Nukta loyihasini ommaviylashtirish taklifini o'rtaga qo'ymoqchiman.
Bir vatandosh sifatida o'sha jadid bobolarimiz shiori mening ham qalbimda o'yib yozilgan: "Shu millat uchun tashayman, bilim olaman va o'laman".
Oxirgi bir yilda deyarli barcha daromadim hech qanday manfaatsiz loyihaga tikilgan va ...bu Umr tikilgan loyihadir.
Meni ham ichimda yoshlarga aytadigan gaplarim ko'p va bu maydonni kengaytirish uchun harakat qilyapman.
Bu loyihani ommalashtirish va ommaga taqdim etish uchun taklifini yozdim.
Bu loyihani eng katta maqsadi g'oyaviy konsepsiya tuzish.Uyg'oqlar klubi tashkil etilib bunda tahlillar qilinadi umuman olgan 7ta loyihani qamrab megaloyiha qilinishi kutilyotgan ish.
Bundagi eng ko'p urg'u:
- Adabiyot va til
- Tarix
- Qadriyat
- Jadidlar va erk.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!