Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida yoshlarni qiziqtirish
Yoshlar uchun bepul IT soxaslaro va kiberxavfsizlik treninglari tashkil etish.Ular DDoS hujumlaridan himoya, phishingdan saqlanish, parol xavfsizligi kabi mavzularni o‘z ichiga olishi kerak. Hackathon va tanlovlar: IT mutaxassislari va dasturchilar o‘rtasida "Kiberxavfsizlik himoyasi" mavzusida hackathonlar o‘tkazish. Yoshlar real hayotdagi kiberhujumlarni aniqlash va ulardan himoya qilishni simulyatsiya qilishlari mumkin. Axborot tarqatish materiallari: Yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan animatsion videolar, komikslar, o‘quv qo‘llanmalari va foydali amaliy tavsiyalarni tarqatish. Ko‘ngilli guruhlar: Mahalliy darajada kiberxavfsizlikka oid seminarlar o‘tkazadigan va yoshlarni ogohlantiruvchi IT-volontyor guruhlarini tashkil etish.