yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Kiberfiribgarlikdan himoyalash umumiy dasturi

Muallif: Элжорбек Шодиев
Holati: Tasdiqlandi

Texnologiyalar rivojlanishi bilan ulardan foydalanish imkoniyatlari ham sezilarli darajada kengaymoqda. Bu jarayonda zamonaviy nou-xaular asosida jamiyatga foyda keltiruvchi amaliyotlar ko’zni quvontirsa-da, afsuski, zararli maqsadlarni ko’zlagan shaxslar ham turli xil usullar bilan odamzotga ziyon yetkazmoqda. Zamonaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi asosiy muammolardan biri — kiberfiribgarlik bo’lib, u ko’plab insonlarning hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mazkur muammo tufayli aziyat chekayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ayni vaqtda, kiberfiribgarlikka qarshi ko’rilgan chora-tadbirlar ko’pincha yetarli samara bermayapti. Taklif etayotgan konsepsiyamga ko’ra esa aholiga kiberfiribgarlik mexanizmlarini sun’iy test effekti orqali amaliy ko’rinishda tushuntirish va undan himoyalanish usullarini demonstratsiya qilishdan iboratdir. Bu yo’l bilan fuqarolarni xabardor qilish darajasini oshirish bilan birga, ular orasida kiberxavfsizlik ko’nikmalarini shakllantirishga erishishimizga ko’zim yetadi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.