yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

“Kelajak kadrlari” stajirovka dasturi

Muallif: Miraziz Tursunov
Holati: Tasdiqlandi
Bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash, amaliy tajribalarini oshirish va ularni yirik korxona hamda tashkilotlarda ishga joylashtirish imkoniyatini yaratish. Loyiha doirasi: • Maqsadli guruh: Oliy ta’lim muassasalarining oxirgi kurs talabalari. • Hamkorlar: • Yirik korxonalar (moliya, sanoat, IT, qishloq xo‘jaligi sohalarida). • OTM (universitetlar va institutlar). • Mahalliy hokimiyat va nodavlat tashkilotlar. Amaliyot tashkil etish: • Talabalarni yirik korxonalarga amaliyotga yuborish (2-6 oy davomida). • Har bir talabaga korxona xodimlaridan maslahatchi tayinlash. Kutilyotgan natijalar: • Bitiruvchilar uchun ishga joylashish imkoniyati 50-70% ga oshadi. • Yirik korxonalar uchun malakali va tayyor kadrlar bazasi shakllanadi. • Talabalarning nazariy bilimlari amaliyot bilan boyitiladi. Boshqaruvchi tashkilotlar: OTM, Mahalliy hokimliklar, Xususiy sektor vakillari. Moliyalashtirish: Korxonalardan moliyaviy ko‘mak, davlat grantlari.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.