yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

"Millat uchun" platformasini yaratish

Muallif: Jahongir Baxtiyorov
Holati: Tasdiqlandi

Bugungi kunda jamiyatimizdagi asosiy muammolardan biri aholi orasida o‘zbek tili savodxonligining pastligidir. Biz, Ijodiy ijod maktabi talabalari sifatida, ushbu muammoga yechim taklif etmoqchimiz. Loyihamiz aholi orasida o‘zbek tili savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan "Millat uchun" ilovasini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu ilova 4 ta bo‘limdan tashkil topadi: o‘qish, tinglash, grammatika va nutq bo‘limlari. O‘qish bo‘limida O‘zbekiston tarixi va tabiati haqida matnlar beriladi. Ilmiy matnlar hammabop tarzda tushuntiriladi. Bu bo‘lim foydalanuvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otishga qaratilgan. Bundan tashqari, kitoblarning eng qiziqarli qismlaridan parchalar keltirib, ularni kitob o‘qishga rag‘batlantiramiz. So‘ngra, ushbu matnlardagi imlo xatolarini tuzatish bo‘yicha topshiriqlar beriladi. Bu esa foydalanuvchilarning savodxonligini oshiradi. Tinglash bo‘limi o‘qish bo‘limining audio versiyasi hisoblanadi. Tinglang: Bu bo‘lim o‘qish bo‘limining audio versiyasi hamdir. Farqi shundaki, bu bo‘limda g‘azal va qo‘shiqlar audio shaklida berilgan va ular bilan bog‘liq topshiriqlar taqdim etilgan. Shu yo‘l bilan biz foydalanuvchida san’atimizga muhabbat uyg‘otamiz. Grammatika bo‘limida esa imlo qoidalariga oid viktorinalar mavjud. Bulardan tashqari, uchala bo‘limni o‘z ichiga olgan "Millat uchun" deb nomlangan alohida bo‘lim ham bor. Siz ushbu bo‘limda 10 ming so‘m to‘lab ishtirok etishingiz va eng yuqori ball to‘plaganlar qatoriga kirsangiz, rag‘batlantirilishingiz mumkin. Bu bo‘limda har 100 kishi uchun 5 nafar g‘olib tanlanadi. Agar 100 kishi 10 ming so‘mdan to‘lasa, bu 1 million so‘mni tashkil etadi. Ularning 5 nafariga 100 ming so‘mdan berilsa, har 100 kishidan 500 ming so‘m sof foyda olamiz. Albatta, bu loyiha katta moliyaviy foyda keltirmaydi. Biroq, tilimizning ko‘plab afzalliklari bor. Shu sababli, tegishli vazirliklar ushbu loyiha bilan hamkorlik qilishlari lozim. Loyihadagi barcha materiallar vatanparvarlik ruhida tayyorlangan bo‘lib, har bir kishi bilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Platformaning taxminiy modeli: https://jbakhtiyorov2006.wixsite.com/millat-uchun

Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.